Haroratni o’lchash va rostlash tizimini ishini o’rganish. Ishdan maqsad



Download 131,3 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2022
Hajmi131,3 Kb.
#708991
  1   2   3   4
Bog'liq
HARORATNI O


HARORATNI O’LCHASH VA ROSTLASH TIZIMINI ISHINI
O’RGANISH.


Ishdan maqsad: Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad ma’ruzada o’tilgan nazariy bilimni amaldagi tadqiqoti bilan tanishish. Issiqlik o’lchash asboblarini ishlashi, qarshilik termometrlari va avtomatik muvozanat ko’priklarini graduirovkasini tekshirish, o’lchash xatoliklarini aniqlash, haroratni o’lchashda ishlatiladigan har-hil o’lchov asboblari bilan tanishish, tizimni funktsional chizmasini chizib, xulosa chiqarishdan iborat.
Laboratoriya ishini boshlashdan avval talaba ushbu uslubiy qo’llanma bilan ma’ruza konspekti va tegishli adabiyotlar bilan tanishishi, hamda havfsizlik texnik qoidalari bilan tanishishi shart.
Laboratoriya ishiga topshiriq.
Qarshilik termometrlarini ishini o’rganib avtomatik muvozanat ko’prigining graduirovkasini tekshirish (absolyut, nisbiy, keltirilgan nisbiy) xatoliklar va o’lchov variatsiyasi qiymatlarini hisoblab, xulosa yozing.
Haroratni o’lchash asbobining ishlashi bo’yicha tegishli xulosa chiqarish.
Laboratoriya stendi tavsifi: Laboratoriya stendi avtomatik muvozanat ko’priklarini graduirovkasini tekshirish chizmasini o’z ichiga oladi.
Harorat haqida informatsiya olish.
Harorat moddaning isitilganlik darajasi.
Harorat o’lchaydigan asboblar quyidagicha tasniflanadilar:
1. Kengayish termometrlari - 150-500 0C;
2. Manometrik termometrlar - 160-600 0C;
3. Elektrqarshilik termometrlari - 200-650 0C;
4. Termoelektrik pirometrlar - 500-1800 0C;
5. Nurlanuvchi pirometrlar - 100-10000 0C.
Elektrqarshilik termometrlarining chizmasi: 6.1 -rasmga qarang.

5.1.1-rasm.


Elektr qarshilik termometrlari ma’lum bir simdan tok o’tkazilganda, haroratning o’zgarishiga qarab, ushbu metall o’tkazgichning qarshiligi o’zgarish tartibiga asoslanib ishlaydi. Hamma metallar ham shu usul bilan haroratni o’lchashga yaroqli emas. Eng yaxshi o’tkazgich material sifatida platina Pt va mis Cu qo’llaniladi, chunki asosiy sabab ularni toza holatda olish mumkinligi va yuqori rarorat-da ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgarmaydi. Ularning asosiy o’lchash diapazoni –2000C dan 6500C gacha. Har bir qarshilik termometri o’zining graduirovkasiga, ya’ni 00C da mos keladi-gan qarshiligiga ega.


Haroratni o’lchash uchun ikkilamchi (ko’rsatuvchi yoki boshqaruvchi) asbob sifatida tenglash-tirilgan va tenglashtirilmagan elektron ko’priklardan foydalaniladi.
Tenglashtirilgan ko’prik chizmasi yordamida o’lchash (rasm 5.2): «asb» va «adv» parallel shahobchalar ko’prik chizmasini tashkil qiladi.
R1 va R2 –o’zgarmas qarshiliklar; Rr-graduirovka qilingan o’zgaruvchan reohord; Rt-qarshilik termometri; B-o’zgarmas tok manbai; G-nol galvanometr; Rpr - ulanuvchi simlar qarshiligi.
Rpr ni harakatlantirib, c va d nuqtalar o’rtasida I0 = 0 qiymatini topish mumkin, unda: I2R2 = I1R1 (5.1)
Muvozanatlangan o’lchash ko’prigining chizmasi.



5.1.2-rasm. Muvozanatlashgan o’lchash ko’prik chizmasi

Ko’prikning boshqa yelkalarida I3R3=It(Rt +2Rpr) (5.1)
(5.1) ni (5.2) ga bo’lsak:
I2R2/I3R3 = I1R1/It(Rt+2Rpr) (5.3)
I = 0 bo’lsa, I1 = It; I2 = I3, ya’ni
R1R3 = R2(Rt+2Rpr) yoki Rt = R1/R2R3-2Rpr (5.4)
agar R1 = R2 = Rpr = const ekanligini hisobga olsak Rt faqat R3 ga bog’liq ekanligi ko’rinadi.
Agar 5.1.2 - rasmdagi chizmani shtrih bilan ko’rsatilganidek ulasak, unda Rpr qarshiliklar umumiy chizmaga qo’shiladi.
Demak, Rt ning o’zgarishi (obekt haroratini o’zgarishi Rpr ga olinmay), ob’ekt haroratining o’zgarishiga to’g’ri proportsional bo’ladi va uning qiymatini moslashtirilgan ko’prikda yangi muvozanat holatiga keltirish uchun (5.3) tenglamadagi R3 qiymatini o’zgartiramiz.
Elektron ko’priklar quyidagicha turlanadilar:
KSM-1 –juda kichik o’lchamli elektron ko’prik;
KSM-2 –kichik ko’prik;
KSM-3 –diskli diagrammali avtomatik ko’prik;
KSM-4 –lentasimon diagrammali avtomatik ko’prik;
KSM-3 va KSM-4 tarkibida boshqaruvchi rostlagichlar mavjud.
Tenglashtirilmagan ko’prikda, reostat, ko’prik chizmasidan tashqarida joylashgan bo’ladi.


Download 131,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish