Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati. Harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar



Download 46,5 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi46,5 Kb.
#787927
  1   2
Bog'liq
Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati


Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati. Harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar.
Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati. Ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar va ular uchun javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi, harbiy qonunchilik, umumharbiy nizomlar va harbiy qasamyod harbiy xizmatning huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu hujjatlarda harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatini o‘tashlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari aniq bayon etib berilgan.
Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati deganda ularning davlat tomonidan kafolatlangan huquq va erkinliklari, shuningdek ularning qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan majburiyatlari va javobgarligi tushuniladi.
Harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi huquqiy holati muhim xususiyatga ega. Ularga umumiy qonunchilik joriy etilgan. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston fuqarolarining huquqlariga ega va ularning majburiyatlarini bajaradilar. Shu bilan birga harbiy xizmatchilar davlatni qurolli himoya qilishni ta’minlash uchun tayinlanganlar. Ular bu vazifani ba’zan hayotlariga taxdid bo‘lgan holda bajaradilar. Shuning uchun harbiy xizmatchilarga maxsus harbiy qonunchilik joriy etilgan. Bu qonunchilikda harbiy xizmatning xususiyatlari hisobiga olingan holda harbiy xizmatchilar uchun qo‘shimcha huquq, imtiyozlar, shuningdek qo‘shimcha majburiyatlar ham joriy etilgan.
Harbiy xizmatchilar so‘z erkinlikligi, o‘z fikrini bildirish, axborot olish va uni tarqatish kabi umumfuqaroviy huquq va erkinliklaridan foydalanganda davlat va harbiy sirlarni tarqatib yubormasliklari, komandirlari (boshliqlari)ning buyruqlarini muxokama qilishlari va tanqid qilishlari mumkin emas.
Harbiy xizmatchilar davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish huquqiga egadirlar. Shuningdek, davlat hukumati organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Mehnat qilish, dam olish, yashash joyiga egalik qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlarni amalga oshirishda qonunda aniq ko‘rsatilgan ma’lum chegaralashga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Umumfuqaroviy huquq va erkinliklardan tashqari harbiy xizmatchilar harbiy xizmat xususiyatidan kechib chiqadigan huquqlarga ham egadir. Bu huquqlar davlatdan pul ta’minoti (maosh), oziq-ovqat va kiyim-bosh ta’minoti, shuningdek, yotoq joy bilan ta’minlanish ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek harbiy xizmatchilar uchun halok bo‘lgan holatlarda sug‘urta kafolatlari, shuningdek ma’naviy va moddiy zararlarini qoplash huquqi ko‘zda tutilgan.
Qonunlar harbiy xizmatchilarga keng huquqlarini berar va kafolatlar ekan,ularning majburiyatlarini ham ko‘rsatib bergan.
Ushbu majburiyatlar umumiy, mansab va maxsus majburiyatlarga bo‘linadi.
Askarning eng muhim umumiy majburiyatlari harbiy qasamyodga sodiq qolish, O‘zbekiston qonunlariga, harbiy nizomlar talablariga amal qilish, o‘z Vatanini mardlik va mahorat bilan himoya qilish,o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishlar kiradi.Askarning mansab majburiyatlari Ichki xizmat nizomida bayon yetib berilgan. Unda shunday deyiladi: “Askar tinchlik va urush davrida o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni va unga berilgan topshiriqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun, shuningdek, o‘z qurolining, o‘ziga topshirilgan harbiy texnikaning ishga Yaroqli holati va unga berilgan mulkning saqlanishi uchun javob beradi”.
Askar (matros):
- o‘zining Qurolli Kuchlar jangchisi burchini teran anglashi, harbiy xizmat majburiyatlarini namunali bajarishga;
- o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlarning lavozimi, harbiy unvoni va familiyasini bilishga;
- komandirlarni hurmat qilishga, xizmat bo‘yicha o‘rtoqlarining or-nomusini qadrlashga, askariy hulq va harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilishga;
- o‘zini kun sayin chiniqtirib borish, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilishga;
- hamisha rusum bo‘yicha va saranjom-sarishta kiyinishga;
- qurollar va jangovar texnikani bilishga va doimo jangovar shay turishga;
- kiyim-kechak va oyoq kiyimni doimo toza ushlashga, asrab kiyishga va saqlashga;
-xavfsizlik talablariga rioya etishga, yong‘inga qarshi talablarni qat’iy bajarishga;
-brigada qarorgohidan tashqariga chiqqanda komandirdan ijozat so‘rashga, qaytgandan so‘ng unga bildiruv berishga;
-brigada qarorgohidan tashqarida yurganda qadr-qimmatini va obro‘sini bilish, jamoat tartibini oqlashga va noharbiy aholiga nisbatan nojo‘ya ishlar qilmaslikka majburdir.
Askar (matros)ning maxsus majburiyatlari qonunchilik, umumharbiy nizomlar va turli xizmat yo’riqnomalari tomonidan o‘rnatiladi. Maxsus majburiyatlar jangovar navbatchilik, sutkalik va garnizon naryadlarida, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda holatlarda bajariladi.Maxsus majburiyatlarga kuch,kuch ishlatish,qurol qo‘llash,bajarilishi shart bo‘lgan talablar qo‘yish,ko‘rsatilgan vaqt ichida faqat aniq shaxslargagina bo‘ysunishlar kiradi.
Askarlar tomonidan harbiy xizmatlarning huquq, majburiyat va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarliklarini bilishlari va namunali tarzda bajarishlari vatanparvar-jangchining shakllanishida qo‘l keladi.
Muvaffaqiyatli harbiy faoliyatning zaruriy shartlarining biri - harbiy xizmatchilarning huquqiy me’yorlarining buzilishi uchun yuridik javobgarligidir. Barcha harbiy xizmatchilar o‘zlarining harbiy unvonlari va lavozimlaridan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Ular tomonidan qonunbuzarlik sodir etsalar intizomiy, ma’muriy, moddiy va jismoniy javobgarlikka tortiladilar.
Harbiy xizmatchilar intizomiy javobgarlikka harbiy intizomni va ma’naviy me’yorlarni buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizom tomonidan o‘rnatilgan tartibda va asosda tortiladi.
Intizomiy ta’zir choralari yumshoqroq choralardan qattiqroq choralarga qarab qo‘llansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik - davlat yoki jamoat tartibi davlat mulki, fuqarolar huquq va erkinliklariga, o‘rnatilgan boshqaruv tartibiga qarshi aybdorlik harakati yoki ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan harakatsizlikdir.
Ma’muriy ta’zir choralariga ogohlantirish, jarima, ma’muriy qonunbuzarlik predmetini olib qo‘yish, maxsus huquqdan mahrum qilish, tuzatish ishlari, ma’muriy bandi qilishlar kiradi.
Moddiy javobgarlik - harbiy xizmatchilar tomonidan davlatga yetkazilgan moddiy zararni pul shaklida to‘lashi tushuniladi.
Moddiy zarar deyilganda davlatga harbiy mulkni buzish, yo‘q qilish, yo’qotish yoki pul mablag‘ni noqonuniy tarzda sarf etish tushuniladi.
Harbiy xizmatchilar umumjismoniy jinoyatlari va harbiy xizmatga qarshi jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar.
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat.
1. Ma’lumot olish sohasidagi imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan muddatli harbiy xizmatchining xizmat muddati tugagach, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta-maxsus bilim yurtlariga harbiy qismdan tavsiyanoma berilganda kirish imtihonlarida to‘plangan baliga umumiy test ballaridan 27 foiz qo‘shib beriladi. Ushbu yo‘llanma uch yil davomida o‘z kuchini saqlab qoladi.
2. Yashash (uy) joy bo‘yicha imtiyozlar.
Harbiy xizmatga chiqirilgan fuqarolarga avvalgi yashagan uy joyi va unga bo‘lgan huquqi saqlab qolinadi.
Mudofaa vazirining 1994-yil 192-sonli buyrug‘i asosida har bir shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uy joy bilan ta’minlanadi yoki 1995-yil 16 avgutdagi 150-sonli buyrug‘i asosida ijaraga uy olganliga sababli tovon puli to‘lanadi. Uch va undan ortiq oila a’zosi bo‘lgan harbiy xizmatchilarga tovon pul 50% qo‘shimcha to‘lanadi.
3. Transportdan foydalanishdagi imtiyozlar.
Barcha harbiy xizmatchilar ishga tayinlanayotganda va xizmat bo‘yicha ko‘chib o‘tayotganda, ta’tilga chiqqanda, davolash joylariga borganda (kelganda) temir yo‘l, suv va davlat avtomobil transportidan, shuningdek ofitserlar tarkibiga havo yo‘llari transportlaridan Mudofaa Vazirligi hisobidan imtiyozli foydalanish huquqiga ega. Xuddi shuningdek imtiyozlar harbiy bilim yurtiga kiruvchilar va xizmatga chaqiriluvchilarga beriladi.
4. Mehnat va sotsial sug‘urta bo‘yicha imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-oktabrdagi 496-sonli Qaroriga ko‘ra muddatli harbiy xizmatchilarning bir oylik harbiy xizmatlari ikki oylik mehnat stajiga tenglashtirildi. Bu muddat askarning bir yillik xizmati ikki yillik mehnat stajiga teng demakdir.
Barcha toifadagi harbiy xizmatchilar xizmatlari davomida davlat tomonidan sug‘urta qilinadilar. Agar askar xizmat paytida birinchi guruh nogironi bo‘lib qolsa, eng kam ish haqining yetti yillik hisobini 75%, ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qolsa 50%, uchinchi guruh nogironi bo‘lib qolsa 30%, og‘ir turdagi jarohat olganda 20%, yengil turdagi jarohat olganda 10% miqdorda tovon puli to‘lanadi. Xizmat vazifasini o‘tayotganda olamdan o‘tgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga eng kam ish haqining yyetti yillik hisobida tovon puli to‘lanadi.
5. Soliqlar va yig‘uvchilar bo‘yicha imtiyozlar.
Farzandlarning muddatli harbiy xizmatlari davrida oila a’zolari yer solig‘idan bo‘shetiladilar. Pochta xizmatida 20 grammgacha bo‘lgan konvertlarni pochta orqali yuborish bepul qilib belgilangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash borasidagi olib borilayotgan ishlar bundan buyon ham davom yetib boradi. Mamlakat iqtisodiyotining kuchayishi harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyasini yanada kuchayishiga olib keladi.
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mamlakatda qonun ustivorligini o‘rnatish juda katta ahamiyatga ega. Qonunning amaldagi ijrosi, jamiyatning qonunlar asosida nazorat qilinishi va taraqqiyoti avvalo mamlakatda har bir fuqaroning qonunlarni hurmat qilishiga, uni amalga oshirishga o‘zida mas’uliYat hissini vujudga keltirishga bog‘liq.
1994-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlandi.
Mazkur qonunning 7-bo‘lim “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar” deb ataladi.
Qonunda harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarning to‘rttasi asosiy turi belgilab berilgan.
XX( bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar.
XX ((bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar.
XX((( bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar.
XX(v bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari.
Qonunning 279-moddasida bo‘ysunmaslik, YA’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik-bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish bir guruh shaxslar tomonidan sodir yetilsa - uch yildan besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan, jangovar vaziyatda sodir etilganbo‘lsa - besh yildan o‘n besh yilgacha -bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyatlarning shunga o‘xshash turi buyruqni bajarmaslikdir (280-modda). Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazishga yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa-bir yilgacha intizomiy qismga jo‘natish bilan, shu qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa besh yildan o‘n yilgacha bo‘shlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qonunni 284-moddasida bo‘ysinuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘z bo‘ysinuvchisini xaqorat qilgani tufayli jazo belgilangan. Bunday holat shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan bo‘lsa - uch oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.
Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid nizom qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, badanga yengil shikast yyetkazish, qonunga hilof ravishda bo‘shlikdan mahrum qilish (285-modda) - olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa besh yildan o‘n yilgacha bo‘shlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Muddatli harbiy xizmatlarning harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi (287-modda), shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, xizmat safaridan, ta’tildan(otpuskadan), davolanish muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida bo‘lmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llangandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa - olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Shu qilmish o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi - uch yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmasligi-besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yyetib kelmaslik - besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (288-modda).
O‘zining biror a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usuldan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash, ya’ni o‘zini yolg‘ondan kasallikka solish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi-olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa-besh yildan o‘n yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy mulkni behuda sarflash, ya’ni harbiy xizmatchining shaxsan o‘zi foydalanishi uchun berilgan aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanishi uchun garovga berishi - olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Harbiy mulkni, ya’ni qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika va boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish-olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Boshliq yoki mansabdor shaxslar o‘z hokimiyatini suiste’mol qilishi, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqishi yoki hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlar manfaatlari yoki boshqa fuqarolarning manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yyetkazilishiga sabab bo‘lsa - uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Boshliq yoki mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi ko‘p miqdorda zarar yyetkazilishiga olib kelsa - uch yilgacha bo‘shlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekslari jangovar shaylik, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish, yakkaboshchilik asosida harbiy intizomni, nizomiy munosabatlarni, harbiy jamoalar ahilligini mustahkamlashga qaratilgan.

Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish