1-oktabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR
Prezidenti Kengashining tarkibi to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.
1-oktabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining birinchi majlisi bo‘ldi.
Majlisda Kengash oldida turgan vazifalar, uning amaliy faoliyati masalalari,
respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolari
muhokama qilindi.
2-oktabr.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining majlisi bo‘ldi. Rayosat
majlisida O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
3-oktabr.
Termizda xalq deputatlari qishloq, posyolka, rayon, shahar va viloyat
sovetlari deputatlarining viloyat rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.
24-oktabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib
o‘tdi. Unda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.
29-oktabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining uchinchi sessiyasida nutq so‘zladi.
1-noyabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Militsiya xodimlarini
ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasining qonunini tasdiqladi.
1-noyabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSRning
Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Sovet Sotsialistok Respublikasining qonunini tasdiqladi.
147
15-noyabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSRda
ijroiya va boshqaruv hokimiyati tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston
SSRning Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR qonuniga binoan O‘zbekiston SSR Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqladi.
19-noyabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar, markaziy muassasalar, kontsernlar,
ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining rahbarlari, jamoat tashkilotlari va
ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Majlisda O‘zbekiston SSR
Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosarlarini tanishtirib,
yangi ijroiya idorasi o‘z faoliyatini boshlayotgan vaziyatni ta’rifladi, hech
kechiktirmay hal etilishini talab etayotgan navbatdagi va istiqboldagi vazifalarni
bayon qilib berdi.
28-noyabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov respublika komsomolining XXIV sezdi
delegatlari bilan uchrashdi va ularning huzurida nutq so‘zladi.
13-14-dekabr.
O‘zbekiston
SSR
Prezidenti
Islom
Karimov
raisligida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining majlisi
bo‘ldi. Unda respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim masalalari ko‘rib
chiqildi.
15-dekabr.
O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika energetika
va qurilish tashkilotlarining bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi
farmonga imzo chekdi.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |