1.1991-yil 15-fevralda 0‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qabul qilgan hujjatni toping.
A) “0‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmon
B) “0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun
C)“0‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror
D) “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida”gi maxsus qaror
2. Qadimda richag (dastak) qonunini ishlab chiqqan olimni aniqlang?
A) Geraklit B) Arximed C) Aristotel D) Demokrit
3. Taypinlar qo‘zg‘olonida ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarning qo‘zg‘olondan uzoqlashiga olib kelgan omilni aniqlang?
A) Taypinlarning yerni oila a’zolari soniga qarab teng bo'lib berish haqidagi rejalari
B) mulkdor tabaqalar qo‘li ostidagi barcha qul va
xizmatkorlarning ozod etiishi
C) Chin (Sin) hukmdorlari tomonidan mulkdorlarga katta miqdordagi yer berish haqidagi va’dalari
D) Chin (Sin) sulolasining pul evaziga mulkdorlarni sotib olishi
4. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtirilgan javobni toping?
1) Ahamoniylar davlati tashkil topdi; 2) Sin sulolasi hukmdori Xitoyni yagona davlatga birlashtirdi; 3) Salavkiylar davlati vujudga keldi
A) 3, 2, 1 В) 1, 2, 3 C) 1, 3, 2 D) 3, 1, 2
5. Quyidagilardan I jahon urushi vaqtida Usmonli davlati harbiy vaziri va bosh qo'mondoni bo'lgan shaxsni aniqlang.
A) Niyozbey B) Tal’at C) Jamol D) Anvar poshsho
6. 1540-yilda ta’sis etilgan "Iso jamiyati", ya’ni "lyezuitlar
ordeni" oldiga qanday vazifa qo'yilgan edi?
A) puritanlarni himoya qilish
B) adashgan olomonni cherkovga qaytarish
C) dehqonlarni qo‘zg‘olonga chorlash
D) cheklangan monarxiyani himoya qilish
7. Quyidagilardan VIII asrda Arab xalifaligini boshqargan xalifalarni belgilang.
1) Muoviya I; 2) Umar ibn Abdulaziz; 3) Ma’mun; 4) Sulaymon
A) 1, 3 В) 1, 4 C) 2, 4 D )2,3
8. 1793-yil yanvarda qirol Lyudovik XVI ning qatl qilinishi qaysi davlatlarni Fransiyaga qarshi urushga chorlagan?
A) Belgiya va Angliya B) Ispaniya va Germaniya
C) Angliya va Ispaniya D) Ispaniya va Portugaliya
9. Quyidagi davlatlardan qaysi birining milliy valutasi "peso" hisoblanadi?
A) Hindiston B) Laos C) Braziliya D) Meksika
10. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud(davlat) tarixi bilan bog'liq to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping?
A)1864-yilda chet el davlatlari ko‘magida dehqonlar qo‘zg‘oloni bostirildi.
B) 1637-yildagi yangi shartnomaga ko‘ra mamlakat qiroli o'zini manjurlarning vassal! deb tan oldi.
C) 1854-yilda AQSh bilan "Tinchlik va do‘stlik" shartnomasi imzolandi.
D) 1884-yilda Fransiya tomonidan bosib olindi.
11. XIX asr 70-80-yillarida Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo'lgan omillarni toping.
1) Buyuk Britaniyadan olingan 5 mlrd marka tovon puli; 2) Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanishi; 3) sanoatning tez sur’atlar bilan
harbiylashtirilishi; 4) Afrikada Tunis, Liviya, Marokashni bosib olishi
A) 2, 4 В) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
12. Quyidagilardan qaysi biri Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasida 1923-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada belgilangan?
1) mavjud yerlar umumxalq mulki deb e’lon qilindi;
2) qishloqda kollektivlashtirish siyosati o'tkazish belgilandi;
3) qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil etildi;
4) yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish belgilandi;
5) Xiva xoni mulklari musodara qilindi; 6) vaqf mulklari maorif vazirligi tasarrufiga o'tkazildi
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 6
13. Quyidagi qadimgi davlatlar vujudga kelgan hududlari bilan mos ravishda berilgan javobni toping.
1) Elam davlati; 2) Isroil podsholigi; 3) Urartu davlati;
a) Turkiyaning sharqiy qismida va Armaniston hududlarida;
b) Eronning janubi g'arbiy qismida; c) Falastin hududida;
d) Suriya.
A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-d, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-d D) 1-b, 2-c, 3-a
14. Quyidagi qaysi shahar nomi mil.avv. I asrga oid manbalarda ham uchraydi?
A) Namangan B) Bog‘ot
C) Ko‘hna Urganch D) Mo‘ynoq
15. Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko'payayotgan mamlakat bo'lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qolmoqda. Jumladan, Panjobda kimlar bilan bog'liq etnik muammolar mavjud?
A) braxmanlar B) tamillar C) bengallar D) sikxlar
16. XIX asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya HindistonAfg'oniston chegarasida harbiy kuch to'play boshlagach, Rossiyadan yordam so'rab, elchi yuborgan Afg'oniston hukmdorini aniqlang.
A) Yoqubxon B) Ayubxon
C) Sheralixon D) amir Abdurahmon
17. 2001-yil 11-sentabr voqealaridan so‘ng AQSh Eronni “xalqaro terrorizmning sherigi” deb atagach, Eron bu tamg'adan qutilish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Xususan qaysi davlatlardan eronlik maslahatchilarni chaqirib
olgan?
1) Sudan; 2) Makedoniya; 3) Liviya; 4) lordaniya; 5) Bosniya;
6) Livan
A) 3, 4, 5 В) 1, 2, 6 С) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
18. Xitoyning kim boshchiligidagi hukumati BMTni tuzishda faol qatnashgan va buyuk davlat sifatida Xavfsizlik Kengashining 5ta doimiy a’zolaridan biriga aylangan?
A) Sun Yatsen B) Den Syapin
C) Mao Szedun D) Chan Kayshi
19. Kim tomonidan BMT inspektorlari Iroqda AQSh foydasiga josuslik qilishga ayblanib barcha xalqaro inspektorlar mamlakatdan quvib chiqarilgan?
A) Hasan al-Bakr B) Saddam Husayn
C) Hafiz Asad D) Bashar Asad
20. XIX asrning 50-yillari oxirlarida Virjiniyada qullar qo‘zg‘olonini ko'tarishga urinib ko'rgan shaxsni aniqlang.
A) Avraam Linkoln B) Jon Braun
C) Aleksandr Gamilton D) Jorj Stefanson
21. IX asrda Magnavr maktabi qaysi davlatda tashkil etilgan?
A) Franklar davlatida B) Arab xalifaligida
C) Vizantiya imperiyasida D) Muqaddas Rim imperiyasida
22. Qaysi hududlar Sulton Jaloliddinga tobeligini izxor etib mo’g’ullarga qarshi kurash istagini bildiradi?
A) Kirmon, Sheroz, Isfaxon B) Kirmon, Fors, Isfaxon
C) Tabariston,Damashq, Misr D) Misr, Bag’dod, Ko’niya
23. Oltin O’rda xoni O’zbekxon hukmronligi tugaganda necha yil o’tib Fransiyada Karl VII hukmronligi boshlandi?
A) 100 yil B) 90 yil C) 80 yil D) 119 yil
24. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
A) 15yil (1875-1890) davomida Turkiston o’lkasiga 1300 oila ko’chib kelib joylashgan
B) 15 yil davomida Turkistonda 19 ta rus qishlog’I tashkil
topdi
C) 1890-1892–yillarda 25ta rus dehqonlarining manzilgohi
tashkil topdi
D) Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning manzilgohi
paydo bo’lgan
25. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida rassomlikda real hayotni butun borlig'icha aks ettirish oqimi ham mavjud edi. Ularning taniqli vakillarini belgilang.
A) Pablo Pikasso, Kamil Pisarro
B) Pol Sezann, Pol Gogen, Vinsent Van Gog
C) Ogyust Renuar, Kamil Pisarro
D) Eduard Mane, Klod Mone
26. Qaysi asar Islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Al-jome’ as-sahih”
C) “Hikmat” D) “Qutadg‘u bilig”
27. Afg’onistondagi Qunduz shahri yaqinidan topilgan qadimgi davrga oid kushon bitigi quyidagi qaysi alifboga asoslangan
edi?
A) yunon alifbosiga B) oromiy alifbosiga
C) so’g’d alifbosiga D) mixxat yozuviga
28. Qanday omil XIX asrning so’nggi davriga kelib Yaponiyani qo’shni davlatlar hududlarini bosib olishga undagan?
A) Buyuk Osiyo imperiyasini tashkil etish rejasining qabul qilinishi
B) Yaponiyaga qo’shni bo’lgan davlatlarning harbiy jihatdan juda zaifligi
C) Buyuk davlatlar tazyiqiga qarshi turish uchun zo’r berib qurollanganligi
D) Aholining kambag’alligi sanoat mahsulotlarining sotib olinishini qiyinlashtirishi
29. Quyidagilar orasidan o’rta asrlar Rus knyazliklari tarixi bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot keltirilgan qatorni toping.
A) XIV asr boshlarida Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlagan
B) Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Kiyev knyazligini Ivan Grozniyga qadar boshqarishgan
C) 1378-yilda Moskvada knyazi Dmitriy Ivanovich mo’g’ullar ustidan dastlabki g’alabaga erishgan
D) 1240-yilning 15-iyulida Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich Neva daryosi bo’yida shvedlar ustidan g’alaba qozondi
30. Meksika mustaqilligi uchun ispan mustamlakachilariga qarshi kurashgan Migel Idalgo va Xose Morelos otib tashlangandan so’ng ozodlik harakatiga rahbarlikni quyidagi
qaysi toifa o’z qo’liga olgan?
A) ruhoniylar B) burjuaziya
C) savdogarlar D) pomeshchiklar
Do'stlaringiz bilan baham: |