Alternativ (muqobil) sanksiyada
ikki yoki undan ortiq jazo turlari
nazarda tutilib, sudga qilmish va uni sodir etgan shaxsning xususiyatlarini
inobatga olgan holda jazoni individuallashtirish imkonini beradi. Masalan,
Jinoyat kodeksi 110-moddasi 1-qismida (Qiynash) besh turdagi jazodan
birini qo‘llash mumkinligi nazarda tutilgan:
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo
turlari belgilangan. Alternativ sanksiyaning belgilanishi sudyalarga
shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan
birini tayinlash imkonini beradi.
Jinoyat huquqi nazariyasida, yuqorida zikr etilgan sanksiyalardan
tashqari,
Do'stlaringiz bilan baham: |