JK 36-moddasi
bo‘yicha kam ahamiyatli ekanligi yuzasidan emas, balki
JK 36-
moddasiga
havola etmagan holda JPKning 83-moddasi 2-bandi bo‘yicha
jinoyat tarkibining mavjud emasligi tufayli tugatilishi lozim bo‘ladi.
Masalan, JKning 173-moddasi faqat ancha miqdorda sodir etilgan
o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki buzish uchun jinoiy
javobgarlikni ko‘zda tutadi. Shuning uchun bu jinoyatni sodir etish
oqibatida ancha miqdordagi zarardan kamroq zarar yetkazilgan bo‘lsa,
qilmish hatto rasman JKning 173-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat
belgilariga mos kelmaydi. Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish
qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa qilmishning kam ahamiyatli ekanligi
tufayli emas, jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli tugatilishi lozim, chunki
uning majburiy belgisi – ancha miqdordagi zarar mavjud bo‘lmaydi.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |