Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/578
Sana03.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#315596
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   578
Bog'liq
Ozbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 13-moddasi 1-qismiga

  ko‘ra, «qilmishning jinoiyligi va jazoga 

sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun 

bilan belgilanadi» va shu orqali qonun amal qilishining vaqt chegarasi 

formulasini mustahkamlaydi. Qonunni qo‘llashning yagona sharti, jinoyat 

sodir etilgan vaqtda ushbu qonun amalda bo‘lishi, ya’ni O‘zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalari va O‘zbekiston 

Respublikasining 2012  yil  24 dekabrdagi    «Normativ-huquqiy hujjatlar 

85 

 



to‘g‘risida»gi  342-sonli  Qonuni  (yangi taxrirdagi)

1

  hamda jinoyat sodir 



etilgan vaqtda O‘zbekiston hududida bu qonunlarning albatta,  ijro etilishi 

shart bo‘lgan holatlar nazarda tutiladi. 

JK 13-moddasi mazmuni eng muhim va barqaror ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga soladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilingan va 

bir qancha muhim va qat’iy ijtimoiy munosabatlarni tartibga  soluvchi 

hujjatlarnigina

2

  emas, balki jinoyatchilik va jazolash ishlarini aniqlashga 



ta’sir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ham to‘laligicha qamrab oladi. 

Xususan, buzilishi jinoyat deb topiladigan xulq-atvor qoidalarini 

o‘rnatuvchi normativ-huquqiy  hujjatlar ham qonun hisoblanadi, masalan, 

yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 

Kuchlarining Intizom  nizomi va boshqalar. Boshqacha qilib aytganda, 

qonun shunday bir normativ-huquqiy hujjatki, u albatta,  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisida yoki referendumda qabul qilingan, qonun 

sifatida tan olingan, shuningdek, mohiyati adolat va insonparvarlik 

tamoyillariga muvofiq keluvchi hujjatdir.  

Haqiqatan ham,  ko‘pchilik hollarda sodir etilgan qilmishlarning 

xavflilik darajasi va shu bilan birga jinoiy jazoning og‘irligi, uni keltirib 

chiqargan oqibatlar ko‘rsatib  o‘tilgan qoidalarning buzilishi natijasidami 

yoki yo‘qmi (masalan, Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi), bu 

qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab aniqlanadi.  

Shunday qilib, qonun tushunchasi Kodeksning vaqt bo‘yicha ta’sir 

qilish nuqtai nazaridan quyidagi aktlar guruhini o‘z ichiga oladi: 

– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 

– O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; 

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 

– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; 

1

 

Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-



сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари тўплами", 2012 й.,  52-

сон, 583-б 

2

 

Ўзбекистон Республикасининг 200 йил 24 декабрдаги  «Норматив-ҳуқуқий  ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-



сонли Қонуни 

86 


 

                                                           




– mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.  

Bu normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi, ular O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qilmishlarning jinoiyligi 

va jazoga sazovorligiga ta’sir ko‘rsatgan holdagina jinoyat qonuni sirasiga 

kiradi. 

Shuni nazarda tutish kerakki, sanab o‘tilgan aktlar guruhi jinoyatni va 

bu qilmishning jazolanishi kerakligini aniqlamaydi –  bu  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksining faqatgina o‘ziga xos alohida huquqidir, 

biroq bu aktlar u yoki bu harakatni jinoyat deb tan olishga yoki jinoyatdagi 

harakatsizlik va jamiyat uchun xavflilik darajasini aniqlashga ta’sir etadi. 

Masalan, Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish 

Tartibiga muvofiq «yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el 

banklarida ochilgan hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 

banki ruxsatisiz mablag‘larning hisoblab yozilishi ularni yashirish deb 

hisoblanadi»

1

, lekin uning jamiyatga xavfliligi va chet el valyutasini 



yashirishning jazolanishi esa, faqat Jinoyat kodeksi bilan aniqlanadi. 

JK 275-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun giyohvandlik 

vositalari,  ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, 

saqlash, hisobga olish, o‘tkazish, jo‘natish yoki tashish tartibini 

o‘rnatuvchi qoidalari amaldami, yangisi bilan almashtirilganmi, degan 

masalaga aniqlik kiritish kerak, ya’ni ushbu munosabatlarni tartibga 

soladigan normativ akt mavjudligini aniqlash kerak.  

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga doir qoidalarni qo‘llashda 

ularning  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston 

Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuniga 

muvofiqligi talab etiladi. Masalan, Konstitutsiyaning 16-moddasi 1-

qismiga binoan, qonun Asosiy Qonunning prinsiplari  va moddalariga zid 

bo‘lmaslik va ularni buzmaslik talablariga javob berishi lozim

2

. Bunda, 



1

 

Қаранг:  Чет  элда  ҳисобварақлар  олиш  учун  рухсатномалар  бериш  Тартиби  (Ўзбекистон  Республикаси 



Адлия  вазирлиги  томонидан  1999  йил  22  январда  610-сон  билан  давлат  рўйхатидан  ўтказилган,  Ўзбекистон 

Республикаси  Марказий  Банки  бошқаруви  томонидан  1998  йил  28  мартда  390-сон  билан  тасдиқланган),  4.5-

банд  //  Ўзбекистон  Республикаси  вазирликлари,  давлат  қўмиталари  ва  идораларининг  меъёрий  ҳужжатлари 

ахборотномаси, 1999 й., 1-сон; 2003 й., 5-6-сон; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2007й., 

21-

сон, 254-модда; 2008 й., 35-36-сон , 355-модда. 



2

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

87 


 

                                                           




qonunni qabul qiluvchi organ kompetentligi, qabul qilinayotgan qonun 

statusiga mos kelishi muhim talab hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston 

Respublikasi Qonuni faqatgina,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 

Prezident farmoni esa, faqat O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul 

qilinadi. 

Agar normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatilgan talablarga mos kelmasa, 

u huquq manbasi sifatida tan olinmaydi va o‘z-o‘zidan jinoyatni baholash 

ishlarida unga asoslanish mumkin emas. Agar sud ishni ko‘rishda to‘g‘ri 

qaror qabul qilishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan birorta normativ 

hujjatning Konstitutsiyaga mos kelmayotganligini aniqlasa, ishni to‘xtatish 

to‘g‘risida ajrim chiqaradi va barcha materiallarni Oliy sud yoki Oliy 

xo‘jalik sudlari raislariga yuboradi, ular «O‘zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, 

masalani Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga 

ega. 

Qonun  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tamoyil va 



qonunlariga mos kelishi bilan bir vaqtda o‘z mazmuni, shakli, rekviziti 

bilan 


O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar 

to‘g‘risida»gi Qonuni tamoyillariga javob berishi kerak. Xususan, ushbu 

Qonunda uning mazmunidagi muayyan talablar, normativ-huquqiy 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 

 

88 



 

                                                                                                                                                                                                 




hujjatlar rekviziti, rasmiy mavzusining tasdiqlanganligi va boshqalar 

ko‘zda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, ushbu Qonun normativ qoidalar 

shaklini mustahkamlash tartibini ko‘rsatadi: qonun va qarorlarni –  Oliy 

Majlis; Prezident farmonini – Prezident; qarorlarni – Vazirlar Mahkamasi; 

buyruq va qarorlarni – vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar; qarorlarni 

–  mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qiladi. Huquqiy normalarni 

mustahkamlashning boshqa shakli mazkur talablarga rioya etmaslik 

sifatida e’tirof etilishi, shunga o‘xshash hujjatlarning o‘zi esa normativ-

huquqiy deb tan olinmasligi lozim. Shu asnoda xatlar, maktublar, 

ko‘rsatmalar normativ-huquqiy hujjat deb tan olinmaydi va bu haqda 

S.Murotxo‘jayev murojaati natijalari bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyaviy sudining qarorida ko‘rsatilgan edi

1



Qonunni tatbiq etishning zarur elementi uning O‘zbekiston hududida 



qo‘llanilishi shartligi hisoblanadi. Nazarda tutish kerakki, 


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   578




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish