moddasida
mustahkamlangan qonuniylikning tegishli shartlariga muvofiq
bo‘lgan holdagina qonuniy deb tan olinishi lozim.
Ushlashda zarar yetkazilishi qonuni bo‘lishining majburiy sharti
uning faqat qat’iy cheklangan shaxslar doirasiga zarar yetkazishga
qaratilganligi bo‘ladi, bunday shaxslarga qonun ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etgan shaxslarni kiritadi.
Ushlovchi tomonidan aybdor
shaxsni qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish maqsadida boshqa
shaxslarning ushbu qilmishga daxlsiz ekanligini bila turib ularga zarar
yetkazilishi oxirgi zarurat qoidalari bo‘yicha malakalanishi kerak.
Ushlovchi shaxs tomonidan ushbu holat anglanmagan bo‘lsa, uning
harakatlari amaliy xato to‘g‘risidagi qoidalar bo‘yicha malakalanadi.
Ushlashda yetkaziladigan zarar ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan
shaxsning har qanday huquqlari va manfaatlariga taalluqli bo‘lishi
mumkin. Jumladan, ushlanayotgan shaxsning sog‘lig‘i, mulki, qadr-
qiymati va sha’niga zarar yetkazilishi mumkin va hokazo. Shuningdek,
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning hayotiga ham zarar
yetkazilishi mumkin. Lekin o‘ldirish favqulodda holat sifatida qaralishi
lozim, ya’ni u faqat aybdor shaxsning jinoiy javobgarlikdan bosh
tortishining zarariga muvofiq kelgan holatlardagina oqlanishi mumkin.
Masalan, og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirgan, terrorchi
bo‘lgan yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxsni o‘ldirish
oqlangan bo‘ladi. Lekin ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni
ushlash jarayonida uni o‘ldirish holatida tergov va sud organlari
yetkazilgan zararning muvofiqligi masalasini muhokama qilishi kerak,
bunda ular hayotidan mahrum qilish odil sudlov manfaatlarini amalga
oshirishni istisno etishini ko‘zda tutishi lozim.
Ushlanayotgan shaxsga zarar yetkazish, uni amalga oshirmagan holda
ushlovchi shaxsning huquqlari va manfaatlariga xavf solmagan holda
ushlashni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan,
majburan chora
bo‘lishi
lozim. Bunda majburan holda zarar yetkazilishi doimo holat masalasi
bo‘lishi, ya’ni ushlashning vaziyati, ushlanayotgan shaxsga va ishning
boshqa muayyan holatlariga bog‘liq bo‘lishini hisobga olish lozim.
420
Zarar noilojlikdan yetkazilganligini aniqlash uchun tergov va sud
organlari quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
– ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarlikdan
qochish imkoniyati. Bunda sud-tergov organlari ushbu shaxsni ushlashga
qarshilik ko‘rsatish choralarining faolligi va samarali bo‘lishiga e’tibor
qaratishi lozim, u ijtimoiy xavfli qilmishni to‘xtatish, hokimiyat
organlariga borish talablarini bajarishni rad etish; qilmish sodir etilgan
joyidan yoki hokimiyat organlariga yetkazish yo‘lidan qochib ketish va
hokazo;
– ushlashni amalga oshiruvchi shaxsning uni zarar yetkazmagan holda
amalga oshirish imkoniyatlari. Bu imkoniyatni aniqlash uchun
ushlanayotgan va ushlovchi shaxslarning soni, ularning jinsi, yoshi,
qurollanishi, jismoniy kuchiga va hokazolarga e’tibor berish lozim.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda zarar
yetkazishning qonuniyligi faqat
Do'stlaringiz bilan baham: