yetkazilayotgan zarar muvofiq bo‘lgan
holdagina mavjud bo‘ladi. Bunda zararning muvofiq bo‘lishi uning
qilmish xavfliligiga va uni sodir etgan shaxsga, shuningdek, ushlash
vaziyatiga muvofiq kelishini bildiradi.
Yetkazilgan zararning muvofiqligini aniqlashda quyidagilarga alohida
e’tibor berish lozim: ushlash amalga oshirilgan vaziyat, ya’ni ushlashni
amalga oshirish vaqti va joyining xususiyatlarini ko‘rsatuvchi turli holatlar
majmuasi; ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning harakatlari,
uning ushlovchi shaxsning qonuniy faoliyatiga ko‘rsatgan qarshiligining
intensivligi; ushbu shaxs, shuningdek, uni ushlovchi shaxs ega bo‘lgan
kuch va imkoniyatlar, vositalar, ularning ruhiy holati va boshqa holatlar,
ularning barchasini qamrab oluvchi ro‘yxat Bu yerda keltirilishi mumkin
emas.
Shuni hisobga olish lozimki, yetkazilgan zararning muvofiqligi
bo‘lishi uning qonunda belgilangan barcha shartlarga, ya’ni qilmishning,
shaxsning xavfliligi va ushlash vaziyatiga muvofiqligini talab etadi. Lekin
bu shartlarning zarar yetkazilishi muvofiq bo‘lishiga ta’siri turlicha
bo‘ladi, jumladan, qilmishning va uni sodir etgan shaxsning xavfliligi
yetkazilgan zararning yuqori chegarasini, boshqacha aytganda, miqdorini
421
aniqlashga imkon beradi. Masalan, qilmish qanchalik xavfli bo‘lsa, uni
sodir etgan shaxsga shunchalik jiddiy zarar yetkazilishi mumkin va
aksincha, qilmishning ijtimoiy xavfi qanchalik kam bo‘lsa, ushlash
jarayonida shunchalik kam zararni yetkazish mumkin bo‘ladi. Yetkazilgan
zararning ushlash vaziyatiga muvofiqligi mezoni boshqacha ahamiyatga
ega, chunki u faqat ushlash uchun kerakli va yetarli bo‘lgan zarar
yetkazilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda ushlashni amalga oshiruvchi
shaxs uchun vaziyat qanchalik noqulay bo‘lsa, yetarli zararning darajasi
shuncha yuqori bo‘lishini ta’kidlash lozim, u ba’zi hollarda hatto yo‘l
qo‘yiladigan zararga teng bo‘lishi mumkin. Ayni paytda, ushlash vaziyati
ushlashni amalga oshiruvchi shaxs foydasiga o‘zgarsa, yetkaziladigan
zararning yetarlilik chegarasi shunchalik kamayadi.
Vaziyatning qulayligi yoki noqulayligi har bir muayyan holatda
baholanishi kerak bo‘lgan holat masalasi ekanligini ta’kidlash lozim.
Bunday baholash davomida tergov va sud organlari ushlovchi shaxs va
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning kuchlari, imkoniyatlari va
vositalarining o‘zaro nisbati taxminan teng bo‘lgan, shuningdek, bunday
muvozanat ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs foydasiga buzilgan
holatdagi vaziyat noqulay vaziyat deb qaralishi lozimligini hisobga olishi
kerak.
Yetkaziladigan zararning muvofiq bo‘lishi uning belgilangan
chegaralarga muvofiq bo‘lishini, jumladan, chegarasidan chetga
chiqmasligini talab etadi. Bunda zararning yuqoridagi ikkita chegarasidan
birini buzish, ularning qaysi biri kamroq bo‘lishiga qarab, chegaradan
chetga chiqish bo‘ladi. Ayni paytda, xuddi shunday holatda shaxs qattiq
qarshilik ko‘rsatsa va qonun tomonidan himoyalanadigan huquq va
erkinliklarga zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa, bu holda yetkaziladigan
zarar ruxsat etilgan chegaradan chetga chiqmasligi lozimdir. Biroq,
ushlanishdan qochish maqsadida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs
ushlovchiga hujum qilsa, bu holda u ruxsat berilgan chegaradan chetga
chiquvchi zararni yetkazishga haqlidir. Lekin bu holat sharhlanayotgan
modda qoidalari emas, balki zaruriy o‘z-o‘zini himoya qilish qoidalari
asosida tahlil etiladi.
422
Shuni e’tiborga olish lozimki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlashda yetkaziladigan zararning mutanosibligi ushbu zarar
jinoyatchi yetkazgan zarardan oshib ketmasligini talab etmaydi. Ushlash
vaqtida yetkaziladigan zarar shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish
natijasida yetkazgan zarardan kam, unga teng yoki undan oshgan bo‘lishi
mumkin. Faqat shuni belgilash lozimki, yetkaziladigan zarar ijtimoiy
xavfli qilmish yetkazishi mumkin bo‘lgan va konkret yetkazilgan
zararlarga nomutanosib bo‘lmasligi lozim, ya’ni shaxsni ushlash uchun
zarur bo‘lgan choralar belgilangan chegaralardan chetga chiqmagan
bo‘lishi zarur. Ushbu masalaga boshqacha yondashuv fuqaroning
ushlashni amalga oshirish huquqini asossiz tarzda cheklanishiga olib
kelishi mumkin. Shuni aniq belgilash zarurki, yetkazilayotgan zarar
ijtimoiy xavfli qilmish oqibatida yetkazilgan amaldagi va potentsial
zararga nomutanosib emas, ya’ni shaxsni ushlash uchun zarur bo‘lgan
chora-tadbirlar chegarasidan chetga chiqilmagan.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida yetkazilgan
zararning qonuniyligini belgilovchi alohida shart sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |