amaldagi xato to‘g‘risidagi umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda hal
etilishi lozim.
«Agar hodisa holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs
o‘zining yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan
bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb
hisoblanishi kerak»
1
.
Bunday xayoliy mudofaaning xususiy ko‘rinishi deb huquqqa qarshi
tajovuzdan himoya qilish shaxs tomonidan bevosita jinoiy qilmish
tugaganidan keyin amalga oshirilgan holda, mudofaalanuvchi uchun ish
holatlariga ko‘ra uning tugallanish payti aniq bo‘lmaganligi sharti bilan,
tan olinadi.
Mudofaalanuvchining harakatlari bu vaziyatda zaruriy mudofaa deb
tan olinishi tufayli ularga ushbu huquqiy institutning barcha shartlari
qo‘llanishini ta’kidlash lozim. Xususan, xayoliy mudofaada shaxsning
harakatlari bilan tegishli haqiqiy tajovuz sharoitida yo‘l qo‘yiladigan
zararning doirasidan ochiqdan-ochiq chiqib ketadigan zarar yetkazilgan
bo‘lsa, ular zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb qaralishi,
ushbu shaxsning o‘zi esa qonunchilik bilan belgilangan javobgarlikka
tortilishi lozim.
«Agar shaxs tajovuzning aslida yo‘q va xayoliyligini bila turib, ish
holatlariga ko‘ra ham uni, albatta, bilishi mumkin bo‘lgani holda zarar
yetkazsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik orqasida zarar
yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan
tavsiflanishi lozim»
2
.
Tajovuzning xayoliyligi bo‘lmagan, shaxs tomonidan go‘yoki xayoliy
mudofaa holatida zarar yetkazilgan holatda esa uning harakatlari
ehtiyotsizlik orqasidan harakatlar kabi emas, balki qasddan jinoyat sifatida
malakalanishi lozim. Bunday vaziyatda xayoliy tajovuz ham mavjud
bo‘lmagani uchun, shaxsning harakatlari xayoliy mudofaa bilan emas,
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 10-банд.
2
Ўша жойда, 10-банд, 1-хатбоши.
391
balki aybdor shaxsning hech narsaga asoslanmagan gumonsirashi tufayli
amalga oshirilgan bo‘ladi.
Shaxsning harakatlarida zaruriy mudofaa holati tajovuz va himoya
qilish mavjud bo‘lganda aniqlanishi lozim. Ayni paytda ushbu
elementlarning faqat yuzaki jamuljamligining mavjudligi shaxsning
qilmishini zaruriy mudofaa sifatida malakalashga imkon bermaydi, lekin
ularning qonuniylik shartlari bilan ta’minlanadigan qat’iy o‘zaro
muvofiqligi va o‘zaro kelishilganligini talab etadi, ushbu elementlar ularga
javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: