Har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir etgan
jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik
shunday shart-sharoitni qaror
toptirishda namoyon bo‘ladiki, bunda obyektiv voqelikda vujudga kelgan
zararli oqibatlar barcha ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy faoliyati
tufayli yuzaga keladi. Masalan, qotillik bir necha bajaruvchilarining
harakatlari uyg‘unlikda jinoiy natija – jabrlanuvchi o‘limi sababini tashkil
etadi.
Aybdorlar o‘rtasida rollar taqsimoti belgilangan «murakkab»
ishtirokchilikda sababiy bog‘liqlik qo‘shimcha xususiyatlar bilan
tavsiflanadi. Bu o‘rinda jinoiy natija bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va
yordamchi faoliyatining oqibati bo‘ladi. Bunda jinoyatning muayyan turini
tashkil etuvchi harakatlar bevosita faqat bajaruvchi tomonidan amalga
oshirilsa ham, boshqa ishtirokchilar jinoyatni sodir etish uchun sharoitlar
yaratgan holda o‘z faoliyati bilan umumiy jinoiy natijaga yordam
berishadi.
Xususan, bajaruvchining jinoyatni amalga oshirish harakatlari
boshlangunga qadar yoki uning jinoyatni amalga oshirishi mobaynida
dalolatchilik va yordam berish shaklidagi ishtirokchilik bo‘lishi mumkin.
Jinoyatni tashkillashtirish uning amalga oshirilishi mobaynida ko‘proq
bajaruvchi faoliyatini boshlagunga qadar, kamroq esa jinoyat sodir
etilishiga rahbarlik sifatida namoyon bo‘ladi. Jinoiy natija yuzaga
kelgandan keyin har qanday faoliyat, agar u maxsus tilga olinmagan
bo‘lsa, ishtirokchilik deb tan olinishi mumkin emas. Xususan, oldindan
va’da qilinmagan yashirish, jinoyat haqida ma’lum qilmaslik, unga yo‘l
qo‘yish (bular jinoyatga daxldorlik turlarini tashkil etadi) ishtirokchilik
sifatida ko‘rilishi mumkin emas, zero ular zararli oqibatlar yuzaga kelishi
sababi jihatdan shart-sharoit yaratmaydi.
291
Shuni hisobga olish zarurki, real voqelikda jinoyat bir necha shaxslar
intilishlarini qo‘shish yo‘li bilan yoki ularning har bir mustaqil intilgan
natija yuzaga kelganda yoxud bir shaxs qilmishi boshqasining qilmishiga
imkon berganda yoki ulardan har birining qilmishi natija bilan sababiy
bog‘liqlikda turganda sodir etilishi mumkin, shu bilan birga, bu holatlarni
ishtirokchilik deb bo‘lmaydi.
Bunday vaziyatlarda ishtirokchilik mavjud emasligi shu bilan
izohlanadiki, bir necha shaxslarning harakatlari parokanda, chunki
ularning har biri boshqasidan ajralgan holda harakat qiladi. Bunda, garchi
jinoiy oqibat ularning qo‘shilgan harakatlari natijasi bo‘lib, binobarin,
ularning harakatlari ular uchun umumiy jinoiy oqibat sababi bo‘lganda
ham, ishtirokchilik mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, fuqaro A. tomonidan
fuqaro B.ni o‘qotar quroldan otib yarador qilishi, fuqaro V.ni yarani
bog‘lashda infeksiya tushirgani bois fuqaro B.ning o‘limi yuz berganida,
bu vaziyatni bunga sharoit yaratgan fuqaro A. bilan birgalikdagi jinoiy
faoliyat sifatida ko‘rish mumkin emas.
Har qanday ishtirokchining ijtimoiy xavfli qilmishlari amalga
oshirilgan jinoyat doirasida jinoiy oqibat vujudga kelishining zaruriy sharti
bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilarning harakatlari birgalikda bo‘lganligi haqidagi masala
nafaqat obyektiv holatlar asosida, balki ko‘p jihatdan subyekt alomatlarga
ham bog‘liq.
Ishtirokchilikning
Do'stlaringiz bilan baham: |