Ishtirokchilikning obyektiv belgilari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– bir jinoyatning o‘zida ikki va undan ortiq shaxslar ishtiroki;
– jinoyatda ular ishtirokining birgalikda amalga oshirilishi;
– har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir etgan jinoyat
o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjudligi.
Ishtirokchilikning birinchi obyektiv alomati –
bir jinoyatning o‘zida
ikki va ko‘proq shaxslar ishtirokini
aniqlash uchun ishtirokchilardan har
biri jinoyat subyekti alomatlariga ega bo‘lishi zarur, ya’ni aqli raso hamda
tegishli muayyan jinoyat uchun jinoiy javobgarlik yoshi boshlanishiga
yetgan bo‘lishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |