NOTA BENE !
Shaxs erkinligi
– bu insonning Konstitutsiyada yoki boshqa qonun
hujjatlarida (qonunlar va qonunosti hujjatlari) aks ettirilgan muayyan xulq-
atvori imkoniyati.
Shaxsning har qanday shaxsiy erkinliklari, uning tavsifidan qat’i
nazar, JKning muhofaza obyekti hisoblanadi. Jumladan, so‘z erkinligi,
vijdon erkinligi, ilmiy va texnik ijodiyot erkinligi va boshqalar.
Shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari ham Kodeksning muhofaza
obyekti hisoblanadi.
Jamiyat va davlat manfaatlari shaxs, uning huquq va erkinliklari
hosilasi bo‘lib, mazkur manfaatlarga (shaxs, uning huquq va
erkinliklariga) zid bo‘lishi mumkin emas. Ayni paytda ushbu manfaatlar
bir insonning emas, balki umuman aholining huquq va erkinliklarini aks
ettiradi. Shu bois, ular butun jamiyat yoki davlat uchun ham, alohida bir
subyekt uchun ham muhim bo‘lgan huquqlardir. Shundan kelib chiqib,
Kodeks ushbu munosabatlarni jinoyat-huquqiy muhofaza qilish obyekti
sifatida mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |