NOTA BENE !
Jinoyat huquqida
shaxs
sifatida jamiyat va davlat bilan aloqalaridan
alohida olib qaraluvchi har bir inson tushuniladi.
Insonning JK tomonidan muhofaza obyekti sifatidagi shaxs deb tan
olinishi uchun uning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligi va boshqa
holatlar ahamiyatga ega emas. Jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ham
(masalan, JKning 99-moddasi), muomalaga layoqatsiz kishi ham (masalan,
JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi), voyaga yetmagan bola ham
(masalan, JKning 128-moddasi), davlat yoki jamoat arbobi ham (masalan,
JKning 155-moddasi 2-qismi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
(JKning 158-moddasi) va boshqalar ham shaxs deb tan olinadi hamda
muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |