Davlat manfaatlari
butun jamiyatning emas, balki uning ma’lum
tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaatdir.
NOTA BENE !
Davlat
– butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida
chiqadigan va majbur qilish vositalari va tadbirlariga tayanadigan
ommaviy hokimiyat tashkiloti
1
.
JKning 2-moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil
etuvchi organlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini yaxlit
tushunish kerak.
Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan
vazifa va funksiyalarni ijro etish uchun mavjud bo‘lishi zarur hayotiy
faoliyatning o‘ta muhim elementlari, jumladan, huquq-tartibot, boshqaruv
tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi,
suverenitet va boshqalar tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |