NOTA BENE !
Jinoiy javobgarlik shakli
– jinoyat sodir etganlikda aybdor deb
topilgan shaxsni davlat nomidan sud qilish, ommaviy tanbeh berish.
NOTA BENE !
Jinoiy javobgarlikning mazmuni
javobgarlikka tortilgan shaxs bilan
davlat o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro huquq va majburiyatlar
yig‘indisida ifodalanadi.
Jinoiy javobgarlik faqatgina sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyat-huquqiy
munosabatlar doirasidagi huquq va majburiyatlarni ifodalaydi. Jinoiy
javobgarlik sud hukmi bilan shaxs aybdor deb topilgan vaqtdan boshlab
(hukmning qonuniy kuchga kirishi bilan) vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |