obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va
subyekt tomoni
degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda
mujassamlashgan. Bularning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim (ijtimoiy
xavfli) holati bo‘lgan jinoyatni tashkil qiladi.
Jinoyatning aniq tarkibida shu jinoyatning o‘zigagina xos bo‘lgan
umumiy belgilar mavjud bo‘lib, bu belgilar haqiqatda sodir etilayotgan har
bir qilmishda o‘z aksini topadi. Jinoyat qonunida jinoyat tarkibini tashkil
etadigan bu belgilar, birinchidan, ushbu turdagi har bir ijtimoiy xavfli
qilmishda takrorlanadi, ikkinchidan, ahamiyatli hisoblanadi, uchinchidan,
ijtimoiy xavflilikni ifodalaydi.
Har bir aniq jinoyatning tarkibi va belgilari jinoyat qonuni – JK
Umumiy va Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan. Maxsus qism
137
moddalarida har bir jinoyatning tarkibi individual ravishda ifodalanib, bu
tarkibning boshqa jinoyat tarkiblaridan farqini namoyon qilsa, Umumiy
qism moddalari barcha yoki bir guruh jinoyat tarkiblarining belgisini
ifodalaydi.
Jinoyat tarkibi umumijtimoiy va jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega.
Jinoyat tarkibining
Do'stlaringiz bilan baham: |