Moddiy ahamiyatga
egaligi shundaki, aynan shu holatda, shu
daqiqada jinoyat-huquqiy munosabat yuqori darajada aniqlanib, jinoiy
javobgarlik tarkibiga aylanadi. Sud ayblov hukmi chiqarish orqali davlat
bilan sudlangan shaxsning o‘zaro huquq va majburiyatlarida bevosita
davlatning jazo choralarini qo‘llash funksiyasini amalga oshiradi. Jinoiy
javobgarlikning mazmun-mohiyati jinoyat sodir etganlikda aybdor deb
topilgan shaxsni tayinlangan jazo muddatini o‘tash majburiyatida
ifodalanadi. Bu majburiyat shaxs sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan
boshlab, to sudlanganlik muddati tugaganda yoki tegishli ravishda olib
tashlanganda namoyon bo‘ladi. Javobgarlikning amalga oshirilish
usullaridan biri ayblov hukmida ko‘rsatilgan jazo turi va miqdorini o‘tab
chiqish majburiyatini yuklash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |