647
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy
masalalar bo’yicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni
amalga
oshirish ishini tashkil etadi;
–ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi;
–Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga
taalluqli bo’lgan masalalarni kiritadi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun
hujjatlariga muvofiq emasligi haqida O’zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
–qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va nor-
mativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston RespublikasiningKonstitutsiya-
siga muvofiq emasligi haqida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy
sudiga taqdimnomalar kiritadi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to’g’risida,
sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari
haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar ki-
ritadi;
–O’zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi
haqida ish qo’zg’atadi;
–rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnoma-
larini tuzadi va bekor qiladi;
–O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi bilan kelishilgan
holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy
soni doirasida o’zgartirishlar kiritadi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
–buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko’rib
chiqish ishlarini tashkil etadi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o’rinbosari, rais
o’rinbosarlari
— sudlov hay’atlarining raislari.
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha in-
stansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari
va qarorlari us-
tidan protest kiritadi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tegishli sudlov hay’atlarining tash-
kiliy ishiga rahbarlik qiladi;
–sudlov hay’atlarining faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumiga ma’ruzalarni taqdim etadi;
648
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining majlislarida
raislik qilishi mumkin;
–sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
–sud
amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish
bo’yicha ishni tashkil etadi;
–sudlar tomonidan chiqarilgan, o’zlari protest kiritishga haqli bo’lgan
hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini to’xtatib turadi;
–sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini
tashkil etadi;
–vazifalar taqsimotiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudining tarkibiy bo’linmalari ishiga rahbarlik qiladi;
–fuqarolarni
shaxsan qabul qiladi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo’qligida uning vakolatlarini
raisning birinchi o’rinbosari, birinchi o’rinbosar ham yo’qligida esa rais
o’rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: