Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

1
 
alohida ta’kidlab o’tdi.
 
Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda 
jamiyatning umummilliy vakillik organi sifatida dunyoga kelgan 
parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari 
XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. 
1
Мирзиёев
Ш
.
М

Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб

янги
босқичга
кўтарамиз
. – 
Тошкент
: “
Ўзбекистон
” 
НМИУ
, 2018. – 
Б
.552. 


436 
«Parlament» so’zining lug’aviy ma’nosi fransuz tilidan olingan bo’lib, 
«gapirmoq» ma’nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot 
bosqichini bosib o’tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan 
boshlanadi.
 
Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishi, vakolatlarining 
hajmi, ijtimoiy tarkibi, o’z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o’rni, 
saylanish tartibi mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ularning 
nomlanishi ham turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan: AQSHda Kongress, 
Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida, 
Rossiyada Federal Majlis, Misrda Xalq Assambleyasi, Isroilda Knesset, 
Islandiyada Altningni misol qilib ko’rsatish mumkin. Jahon 
parlamentlarining ko’pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Dunyoda 60dan 
oshiqroq davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, 
ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko’pincha «quyi palata» deb 
yuritilib, u xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQSHda - Vakillar 
palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa «Yuqori palata» deb 
atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud)larining manfaatlarini ifodalaydi. 
Parlamentlarning bunday tuzilishi muqim demokratik an’analar hamda 
federativ davlat tuzilishiga ega bo’lgan mamlakatlarga xosdir. Masalan, 
shu kabi parlamentlar AQSH, GFR, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Yaponiya va boshqalarda faoliyat yuritmoqdalar. 
O’zbekiston Respulikasi o’zining mustaqilligiga erishish davrida 
davlat hokimiyati vakillik organi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Ya’ni, 
vakillik organi sifatida Oliy Kengash o’z faoliyatini mustaqil amalga 
oshira boshladi. O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 
O’zbekistonda qonun chiqaruvchi oliy vakillik organi sifatida davlat 
mustaqilligini e’lon qilish va mustahkamlash jarayonida alohida o’rin 
tutdi. Parlament sohasida amalga oshirilgan dastlabki islohotlar 1990-yil 
fevral-mart oylarida Oliy Kengashga o’tkazilgan saylovlarda o’z aksini 
topdi. “Natijada o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining tarkibi oldingi chaqiriqlardagi Oliy Sovetning barcha 
tarkiblaridan sifat jihatidan farq qildi. 500 nafar xalq deputatidan
418 nafari yoki 83,6 foizi qonun chiqaruvchi oliy organga birinchi 
marotaba saylandi; 395 nafari yoki 79 foizi oliy ma’lumotga, 62 nafari 
yoki 12,4 foizi ilmiy darajaga, unvonga ega edi”
197
.
197
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгаши
Котибияти
Назорат
-
ахборот
бўлимининг
жорий
архиви
. 1990. -

3-
иш
. 271-273-
бетлар



437 
Ta’kidlash joizki, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi O’zbekiston uchun tarixiy ahamiyat kasb etuvchi bir qator 
qonunlar va qarorlar qabul qildi. Uning 1990-yil 23-martda ish boshlagan 
birinchi sessiyasida O’zbekiston Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga 
o’zgartirish kiritish masalasi qo’yildi. 1990-yil 24-mart kuni 
“O’zbekiston Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda O’zbekiston 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Oliy Kengash va Oliy 
Kengash Rayosatining qonun chiqaruvchi organga nisbatan farmoyish 
beruvchi organga xos bo’lgan bir qator vakolatlarini Prezidentning 
zimmasiga yuklatishga doir o’zgarishlarni nazarda tutardi. Bu o’zgarishlar 
quyidagilardan iborat:
– 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish