Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Bir palatali Oliy Majlis faoliyatidagi demokratik o’zgarishlar



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Bir palatali Oliy Majlis faoliyatidagi demokratik o’zgarishlar 
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslangan holda mustaqil 
O’zbekistonning sobiq Ittifoq vakillik organlaridan tubdan farq qiluvchi 
parlamenti – Oliy Majlisning konstitutsiyaviy maqomini belgilab berdi.
Agarda Oliy Kengash “davlat hokimiyatining oliy organi bo’lib,
o’z faoliyatida qonun chiqarish va nazorat qilish vazifalarini amalga 
oshirgan” bo’lsa, yangi qonunchilikda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi 
talablaridan kelib chiqqan holda, “O’zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
amalga oshiradi”, deb belgilandi. Bu o’zgarish Oliy Majlisning oliyligi 
butun davlat hokimiyatiga nisbatan emas, balki vakillik organlari tizimida 
ekanligini anglatadi.
Yangi qonunchilikda parlament a’zolarining soni 500 nafardan
250 nafarga qisqartirildi. Mazkur deputatlar hududiy saylov okruglari 
1
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгаши
ва
Олий
Мажлисининг
қабул
қилинган
қонунлари
ва
қарорлари
тўғрисидаги
маълумотнома
. – 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
Котибиятининг
жорий
архиви
. 1998.06. -03-
сон
иш
. 65-
б

1
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
Котибиятининг
жорий
архиви
. 1998.06. -

23- 
Б
. 1. 


439 
bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanishi 
belgilandi
2
.
Yangi parlamentning vakolatlari ham uning, eng avvalo, qonun 
chiqaruvchi organ ekanligi, shuningdek, oliy vakillik organi sifatida 
O’zbekiston xalq nomidan ish olib borishga haqli ekanligidan kelib chiqib 
va albatta, hokimiyatlar bo’linishi prinsipiga asoslanib belgilandi. 
Respublika Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq, bir palatadan 
iborat O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari 
mustahkamlab qo’yildi. 
O’tish davrida qonun hujjatlarini qabul qilish holatidan kelib chiqib, 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 83-moddasida ularni qabul 
qilishning hozirgiga nisbatan ancha soddaroq tartibi belgilangan edi,
ya’ni: “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qonunlar, qarorlar va 
boshqa hujjatlar qabul qiladi. Qonunni qabul qilish uchun Oliy Majlis dep-
utatlarining ko’pchilik ovozi talab etiladi. Qabul qilingan 
qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi
ular qo’llanilishining majburiy shartidir”. 
Lekin mazkur tartibning o’ziyoq, Oliy Majlisning sobiq Oliy 
Kengashlarga nisbatan qonun ijodkorligi jarayonidagi o’rnini sezilarli 
darajada oshirdi. Professional faoliyat ko’rsatuvchi deputatlar, 
shuningdek, qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy 
Majlisga havola etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va 
tayyorlash, qonunlarning va Oliy Majlis boshqa qarorlarining ijrosini 
nazorat qilib turish uchun deputatlar orasidan saylanadigan qo’mitalar va 
komissiyalar faoliyati ancha takomillashtirildi.
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
mamlakatimiz qonunchilik tizimining takomillashuviga munosib hissa 
qo’shdi. U o’zining 1995-2000-yillarda o’tgan o’n beshta sessiyasida 10 ta 
kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qildi, 
amaldagi qonunlarga 216 ta o’zgartish va qo’shimchalar kiritdi. Qonun 
ijodkorligi jarayonida bevosita demokratiyaning konsultativ ko’rinishi – 
umumxalq muhokamasidan samarali foydalanishga harakat qilindi. Agar 
2
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясининг
дастлабки
таҳририда
депутатлар
сони
150 
нафар
деб
белгиланган
эди
. 1993 
йил
28 
декабрда
Конституцияга
ўзгартириш
киритилиб

Олий
Мажлис
ҳудудий
сайлов
округлари
бўйича
кўп
партиявийлик
асосида
беш
йил
муддатга
сайланадиган
депутатлардан
иборат
деб
белгиланди

Худди
шу
куни
қабул
қилинган

Ўзбекистон
Республикасининг
Олий
Мажлисига
сайлов
тўғрисида

ги
Қонунда
депутатларнинг
сони
250 
нафар
деб
қатъий
кўрсатиб
ўтилди



440 
mustaqillikka erishilgan kundan e’tiboran 1999-yilga qadar O’zbekistonda 
27 ta qonun umumxalq muhokamasidan keyin qabul qilingan bo’lsa, 
shundan 20 tasi birinchi chaqiriqdagi Oliy Majlis tomonidan qabul
qilindi. E’lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 tadan 2000 ga 
qadar taklif kelib tushdi va ular o’rganib chiqildi
1
.
Umuman, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi sobiq Oliy 
Kengashdan o’zining qator xususiyatlari bilan ajralib turar edi. 
O’zbekistonda parlamentarizm sohasidagi o’ziga xos tajriba mahsuli 
bo’lgan bu xususiyatlar, asosan, quyidagilarda namoyon bo’ldi:
– 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish