5-§. Qoraqalpog’iston Respublikasida sud hokimiyati tizimi
Qoraqalpog’iston Respublikasida sud O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi
va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi
xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishga qaratilgan
faoliyat hisoblanadi.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar
tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, sudyalar qonunga
muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga
ega va sudlarning raislari, rais o’rinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.
424
Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq
va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining
mustaqilligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi
mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar
orasida markaziy o’rinni egallaydi.
Jumladan, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini,
sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni
tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish
sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim
yo’nalishlari sifatida mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi
sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida
190
”gi Farmonining qabul qilinishi
qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim qadam bo’lib, mazkur
sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.
Farmonga ko’ra sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining
konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadigan
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o’rinlarda–
Kengash) tashkil etildi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari
g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga
shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga
oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman
(shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi
PF-4966-sonli Farmonining 10
1
-ilovasiga ko’ra Qoraqalpog’iston
Respublikasida ham yangi tashkil etilgan tuman (shahar) ma’muriy
sudlarining yurisdiktsiya hududlari belgilandi.
190
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017
й
., 8-
сон
, 109-
модда
;
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 29.09.2017
й
., 06/17/5195/0033-
сон
, 20.07.2018
й
.,
06/18/5487/1543-
сон
425
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi
sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimida ham bir qator o’zgarishlar
sodir bo’ldi. Jumladan,Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining raislari
va rais o’rinbosarlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
Raisining O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
xulosasi asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining
raislari va sudyalari O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga
binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan
tayinlanadi
191
.
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o’n yillik
muddatga va sudyalik lavozimida bo’lishning muddatsiz davriga
belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya o’z vakolati muddati davomida Qoraqalpog’iston
Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga
binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan
qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o’zida sudyalik lavozimida
bo’lish muddati ikki yildan kam bo’lmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan
Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat
yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir
shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi
yoki tayinlanishi mumkin emas.
191
Ўзбекистон
Республикасининг
“
Судлар
тўғрисида
”
ги
Қонуни
.
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018
й
., 03/18/496/2043-
сон
)
426
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o’zining
faoliyatini o’z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi
yoxud qolgan vakolat muddatiga o’z roziligi bilan boshqa sudyalik
lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs
quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin o’z vazifasini bajarishga
kirishadi:
–“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga,
odil sudlovni faqat qonunga bo’ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik
burchim va vijdonim buyurganidek beg’araz, xolis va adolatli bo’lishga
tantanali qasamyod qilaman”.
Sudyalar Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat bayrog’i oldida
tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalari –
Qoraqalpog’iston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida
qasamiyod qiladilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudi
rais, rais o’rinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo’ladi
hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha sudi
rais, rais o’rinbosari, sudyalardan iborat bo’ladi hamda sud rayosati va
sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi iqtisodiy sudi rais va sudyalardan
iborat bo’ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib
boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudlari rais va
sudyalardan iborat bo’ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari
tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi:
– o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida,
apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko’radi;
–tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazo-
rat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;
–sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshi-
radi;
–sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi;
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati shu sudning sudyalari-
dan iborat tarkibda ish olib boradi.
427
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati majlislari har oyda
kamida ikki marta o’tkaziladi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi ray-
osati a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisobla-
nadi
192
.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosatining qarorlari ovoz ber-
ishda ishtirok etgan Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati
a’zolarining ko’pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi
tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati:
–sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi;
–hay’atlar faoliyati to’g’risidagi ma’ruzalarni, tumanlararo, tuman
(shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to’g’risidagi va qonun hu-
jjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudlov hay’atlari:
–o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko’radi;
–apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bild-
irish) huquqiga ega bo’lgan shaxslarning xohishiga ko’ra, ishlarni apel-
lyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’radi. Apellyatsiya tartibida ko’rilgan
ish kassatsiya tartibida ko’rilmasligi kerak;
–sud amaliyotini umumlashtiradi;
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisi:
–sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
–sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
–sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish ishini tashkil etadi;
–sud majlislarida raislik qiladi;
–tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko’maklashadi;
–sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari
malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
–sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini
tashkil etadi;
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shi-
koyatlarni ko’rib chiqish ishini tashkil etadi;
192
Ўзбекистон
Республикасининг
“
Судлар
тўғрисида
”
ги
Қонуни
.
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018
й
., 03/18/496/2043-
сон
)
428
–sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan Sudyalarning oliy
malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun
bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga
oshirishga doir faoliyati to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
–sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosari:
–sudlov hay’atlarining ishini tashkil etadi;
–sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
–sud rayosatiga sudlov hay’atlarining faoliyati to’g’risida
ma’ruzalar taqdim etadi;
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
–sud raisi yo’qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosari yo’qligida
uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hay’ati qaroriga ko’ra
sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin
193
.
O’ttiz yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va
yuridik ixtisosligi bo’yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi or-
ganlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston
Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (sha-
har) sudining, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlara-
ro, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining,
hududiy harbiy sudning sudyasi bo’lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha kamida etti
yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik
193
Ўзбекистон
Республикасининг
“
Судлар
тўғрисида
”
ги
Қонуни
.
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018
й
., 03/18/496/2043-
сон
)
429
mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudyasi bo’lishi mumkin.
Shuningdek, sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo’lishi,
siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek, ilmiy va pedagogik
faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat
bilan shug’ullanishi mumkin emas.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan trans-
portiga kirish, ularni ko’zdan kechirish, ularda tintuv o’tkazish yoki
ulardan ashyoni olish, telefondagi so’zlashuvlarini eshitish, sudyani shax-
san ko’zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek, uning xat-
xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko’zdan kechirish, olib
qo’yish yoki olishga faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurorining
ruxsati yoki sudning qarori bilan yo’l qo’yiladi.
Sudyalarning faoliyatini muddatidan oldin to’xtatish uchun asoslar
mavjud bo’lsa Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari sudyasining vako-
latlari –Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan
kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari sudyalarining malaka
hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil
muddatga saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasisudlarining sudyalariga guvohnoma-
lar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.
Sudlarning ish tartibi va ularni tashkil etish, O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi
Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksi,
O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual Kodeksi va boshqa
qonunlar bilan tartibga solinadi. Favqulodda sudlarning tuzilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda ko’rib
chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo’l quyiladi. Sud
majlislarini ochiq turda yuritish unga barcha fuqarolarning qatnashishi
mumkinligini anglatadi.
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor
shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir. Odil sudlovni amalga oshirish
430
qonun bilan faqat sud organlari vakolatiga berilgan. Sud o’z qarorlarini
O’zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
Qoraqalpog’istonda davlat tili qoraqalpoq va o’zbek tili hisoblanadi.
Shuning uchun sud ishi shu tillarda olib boriladi. Ayrim chegaradosh
joylardagi xalqning ko’pchiligi boshqa tillarda so’zlashsa o’sha tilda
sud ishi yuritilishi mumkin. Sud jarayonining tiliga ishga qatnashuvchilar
tushunishlari shart. Shuning uchun, agar qatnashuvchilar sudlov tilini
tushunmasalar ularga tarjimon beriladi. Shuningdek, ayblanuvchiga,
sudlanuvchiga yoki prosessga qatnashgan boshqa shaxslarga berilishi
kerak bo’lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tilida yoki ular bilgan
boshqa tilga o’girilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |