beshinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasining O’zbekiston
Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy
referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega ekanligi;
–
oltinchidan
, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston
Respublikasining o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasi va
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi doirasida tuziladigan shartnoma hamda bitimlar bilan
tartibga solinishi hamda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida
hal etilishi;
–
yettinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun bilan
tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – Bayrog’i, Gerbi va Madhiyasiga ega
ekanligi;
–
sakkizinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasida o’zbek tili bilan
bir qatorda qoraqalpoq tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganligi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasiga
muvofiq, “Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega.
406
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin emas”
180
.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992-yil 8-dekabrda
mustaqil davlatning Konstitutsiyasini qabul qildi. Ana shunday muhim
ijtimoiy, siyosiy va buyuk tarixiy voqeadan so’ng Qoraqalpog’istonda
ham tamomila yangi mazmun va mohiyatga ega bo’lgan hamda u
O’zbekiston tarkibida suveran respublika sifatidagi maqomini belgilab ber-
ishga qaratilgan yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha tuzilgan komissiyaning
1993-yilning fevral oyida bo’lib o’tgan navbatdagi majlisida Asosiy
Qonunning loyihasi ko’rib chiqildi va uning qarori bilan loyiha Oliy
Kengashning Prezidiumi muhokamasiga havola etildi. Qoraqalpog’iston
Respublikasi Oliy Kengashining Prezidiumi Asosiy Qonun loyihasini
ko’rib chiqib, “Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi
to’g’risida” Qaror qabul qildi.
Konstitutsiya loyihasi 1993-yil 7-martda respublika gazetalarida
chop etildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasida
fuqarolar, turli jamoat birlashmalari hamda davlat tashkilotlari faol
qatnashdilar. Jamoatchilik tomonidan kelib tushgan taklif va tavsiyalar
asosida Konstitutsiya loyihasi yanada takomillashtirilib, u 1993-yili
7-aprelda o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etiladigan bosma mat-
buot nashrlarida ikkinchi marotaba umumxalq muhokamasiga quyildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 9-aprelda
bo’lib o’tgan XII chaqiriq 12 sessiyasida deputatlar tomonidan Qoraqal-
pog’iston Respublikasining Konstitutsiya loyihasining har bir moddasi
birma-bir chuqur muhokama qilinib, qabul qilindi. Amaldagi Qoraqal-
pog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob va 120
moddadan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi suveren Qoraqal-
pog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni
9-aprelni umumxalq bayrami – Qoraqalpog’iston Respublikasining Konsti-
tutsiyasi kuni deb e’lon qildi.
180
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75
б
.
407
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat
tuzilishining asosiy prinsiplari, davlat hokimiyatining tizimi va davlat,
jamiyat, shaxs munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Mazkur Konstitutsiya o’zida jahon konstitutsiyaviy tajribasini, inson
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va tartibga solishning ilg’or
amaliyotini, jamiyatning demokratik asoslarini mujassamlashtirdi.
O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
71-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin
emasligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyil belgilab qo’yildi
181
. Ushbu
tamoyil Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o’z
ifodasini topgan. Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyalari va
qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq ish ko’radilar (Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi, 15-modda).
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasiga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog’iston
Respublikasi hududida ham majburiydir. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining
butun hududida (Qoraqalpog’iston esa uning tarkibiy qismidir)
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi
so’zsiz tan olinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida
Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi va
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so’zsiz tan olinishi belgilab qo’yilgan. Mazkur moddadagi
normalar shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
71-moddasi qoidalari bilan hamohangdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasiga
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasining hududi va chegaralari uning
roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emas
182
. Qoraqalpog’iston Respublikasi
o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.
181
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75
б
.
182
Ўша
манба
.
408
Davlat hokimiyatining ta’siri ma’lum hududga va tegishlicha
ushbu hududda yashovchi aholiga joriy qilinishi har qanday davlatning
muhim belgisidir. Davlatning o’z hududida Konstitutsiyasi va qonunlarin-
ing ustunligi suverenitet belgilaridan biri hisoblanadi.
Qoraqalpog’istonning o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini
mustaqil hal etishi bilan bog’liq suveren huquqi mustahkamlab qo’yilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida ham
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi
masalalarini mustaqil hal qilish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
tizimini belgilashi bilan bog’liq norma o’z ifodasini topgan. Shuningdek,
Qoraqalpog’iston Respublikasining hududi va chegaralari daxlsiz ekanligi
hamda uning o’zgartirilishi va bo’linishi mumkin emasligi qat’iy
belgilab qo’yilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi
Qoraqalpog’iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
masalalariga bag’ishlangan bo’lib, uning 67-moddasida “Tumanlar,
shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek, ularning
chegaralarini o’zgartirish Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi tomonidan amalga oshiriladi” deb belgilab qo’yilgan
183
. Agar
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston hududlarini ajratib turadigan
chegaralarni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, bunda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish lozim bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasiga
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi
tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi
asosida ajralib chiqish huquqiga ega.
Mazkur tamoyil Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining
1- va 9-moddalarida hamda referendumga oid O’zbekiston Respublikasi va
Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlarida rivojlantirilgan.
Referendum o’tkazish haqidagi qarorni Qoraqalpog’iston
Respublikasining Jo’qorg’i Kengesi qabul qiladi, ovoz berish sanasini
ham uning o’zi belgilaydi. Referendumda qabul qilingan qaror
Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega va faqat
referendum yo’li bilan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mazkur konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog’iston xalqining o’z taqdirini
o’zi hal qilish huquqini, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasining
183
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75
б
.
409
suverenitetini O’zbekiston tan olganligini anglatadi. Shu bilan birga, ushbu
qoida xalqaro huquq normalariga ham mos keladi. Xususan, 1966-yil
16-dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt”da
barcha xalqlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga egadirlar, deb
belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston
Respublikasining O’zbekiston tarkibidan chiqish huquqini amalga oshirish
mexanizmi mustahkamlangan bo’lib, bunda jamiyat va davlat hayotining
eng muhim masalalarini fuqarolarning to’g’ridan-to’g’ri ovoz berishi
(umumxalq referendumi) bilan hal etilishi lozimligi to’g’risidagi
demokratik talab o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasiga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston
Respublikasining o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasi va
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan
tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida
hal etiladi
184
.
Ushbu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasining O’zbekiston
Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomi ikki tomon o’rtasidagi
munosabatlarda davlat suverenitetini o’zaro hurmat qilish va tan olish
zamirida, qonunlar ustuvorligiga tayanib va unga rioya etib ish yuritish
asosida amalga oshirilishi huquqiy jihatdan mustaqkamlangan.
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston o’rtasidagi munosabatlarni
shartnomalar va bitimlar ko’rinishida huquqiy mustahkamlab qo’yish, o’z
navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasining, boshqa ma’muriy-hududiy
birliklardan farqli o’laroq, alohida suveren respublika maqomiga ega
ekanligini anglatadi.
Ta’kidlash joizki, har qanday huquq subyektlarining o’zaro
munosabatlarida muayyan masalalar yuzasidan nizolar kelib chiqishi
mumkin. Bunday holatlarda yuzaga keladigan nizolar murosaga
keltiruvchi vositalar yordamida, ya’ni nizoli masalaning mohiyatini jiddiy
va chuqur o’rganish hamda buning natijasida har ikkala tomonning
manfaatini e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi. O’zbekiston
bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni
184
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75
б
.
410
tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining Doimiy Vakolatxonasi faoliyat yuritadi. Ushbu vakolatxona
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari va boshqa
tashkilotlari bilan xo’jalik hamda madaniy qurilish masalalari bo’yicha
kundalik aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |