“O’zbekiston Respublikasida oila institutini
mustahkamlash konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”
gi qarori bilan
363
O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konseptsiyasi
va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash
konseptsiyasi
5 ustuvor yo’nalishdan iborat: oila institutini
mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish,
ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish; zamonaviy oilani mustahkamlash va
rivojlantirish masalalari bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion
tadqiqotlar olib borish; demografik rivojlanishni rag’batlantirish va oila
farovonligi darajasini oshirish; oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini
mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash,
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash; oilalarga ta’sirchan
metodik, konsultativ va amaliy yordam ko’rsatishning samarali tizimini
yaratish. O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash
kontsepsiyasini amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” esa, mazkur
yo’nalishlarda 2018-2019-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan
30 ta
chora-tadbirni nazarda tutadi.
Oila huquqining asosiy tamoyillari Konstitutsiyada o’z ifodasini
topgan. Ular jumlasiga oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo’lishi,
oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, nikohning ixtiyoriy va teng
bo’lishi, ota-onalar va bolalarning asosiy huquq va majburiyatlaridir.
Oila huquqining asosiy manbayi O’zbekiston Respublikasining Oila
kodeksidir. Oila kodeksi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan bo’lib,
8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari
va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,
vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib
olindi. Chunki, ushbu huquqiy qoidalarda xotin-qizlar va erkaklar teng
huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan oilani mustahkam-
lash, nikohning barqaror bo’lishi, otalik, onalik va bolalikni muhofaza qi-
lish, farzand tarbiyasida va moddiy ta’minotida ota-onaning huquq va
majburiyatlari kabi muhim qoidalar o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46,63,66-moddalarida,
shuningdek, maxsus qonunlarda, me’yoriy hujjatlarda oilaviy
munosabatlar alohida o’z aksini ifodalagan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 46-moddasida
belgilangan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, oilani jamiyat va
davlat muhofazasida bo’lishi to’g’risida davlat g’amxo’rligi
Respublikaning Fuqarolik, Oila, Mehnat va Jinoyat kodekslarida, Sog’liqni
saqlash, Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonunlarda
364
mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida
xotin-qizlarning mehnat qilish, uning uchun haq olish, dam olish kabi
huquqiy munosabatlarini amalga oshirishdagi keng imtiyozlari berilishi
bilan birga ularni hayotga tatbiq qilinishi ham kafolatlangan.
O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola
huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni, 2014-yil 2-yanvardagi
“Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi qonuni, 2016-yil 14-sentabr yangi
tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonunlarida voyaga
yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga oid maxsus normalar o’z
ifodasini topgan.
Shuningdek,Davlatimiz rahbari va Hukumat tomonidan voyaga
yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator normativ
– huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi PF-1657-sonli “Bolali oilalarni
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida”gi
Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
10-dekabrdagi 437-sonli “Bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2004-yil 7-sentabrdagi
419-sonli “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish
to’g’risida” qarori, 2008-yil 12-sentabrdagi 207-sonli “Ishga qabul qilish
uchun eng kichik yosh to’g’risidagi Konvensiyani hamda Bolalar
mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch
choralar to’g’risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari
haqida”gi qarori, 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli “Yetim bolalar va ota-
ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2012-yil 28-iyundagi 185-sonli
“Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish to’g’risida”gi qarori, 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli
“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam
tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori shular jumlasidandir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasining ikkinchi
qismida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga
asoslanadi” deyilgan. Zero, nikoh oila poydevoridir. Oila kodeksining
II bo’limi “Nikoh” (13-56-moddalar) masalasiga bag’ishlangan.
Oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Ushbu organda qayd
etilgan nikohgina huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Nikohning
365
tegishli davlat organida qayd etilishi uning vujudga kelganligini
isbotlovchi birdan-bir dalildir.
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga
ega emas.
Nikohni tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy
muddat o’tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunday muddatni belgilashdan maqsad bir-birlari bilan yaxshi tanish
bo’lmagan shaxslarning yengiltaklik qilib, shoshmashosharlik bilan
nikohdan o’tishlariga yo’l qo’ymaslikdan iborat.
Nikoh davlat va jamoat manfaatlarini ko’zlab, shuningdek, er bilan
xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini
muhofaza etish maqsadida qayd etiladi.
Nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga ko’ra hamda oilani
mustahkamlash ehtiyojini, yosh avlodning ahloqi va sihat-salomatligini
hisobga olib, bir qator shartlarga rioya qilgan holda tuzish zarurligi
belgilandi. Bu talablar nikohdan o’tish shartlari deb yuritiladi. Ular
quyidagilardan iborat: nikoh tuzish ixtiyoriydir; nikoh tuzish uchun
bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo’lishi
kerak; nikoh tuzishga majbur qilish ta’qiqlanadi (Oila kodeksining
14-moddasi).
Navbatdagi belgilangan talab nikoh yoshiga tegishlidir. Nikoh yoshi
erkaklar va ayollar uchun o’n sakkiz yosh qilib belgilangan.
Uzrli sabablar bo’lganida alohida hollarda (homiladorlik, bola
tug’ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to’la muomilaga layoqatli deb
e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosi-
ga ko’ra, nikoh davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar
hokimi nikoh yoshini ko’pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin (Oila ko-
deksining 15-moddasi).
Qonunda nikoh tuzishga monelik qiladigan quyidagiholatlar
ko’rsatilgan:
1) loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar
o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Respublikada har bir fuqaro
faqat yakka nikohda bo’lishi mumkin;
2) nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar
o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida,
shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar
o’rtasidanikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi.
366
3) loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi)
sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar
o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi (Oila kodeksining16-moddasi).
Qonunga binoan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish
bepul bo’lib, shuningdek, tibbiy irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari
bo’yicha maslahat berish nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat
sog’liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Nikohlanuvchi shaxsni ko’rikdan o’tkazish natijalari shifokor siri
hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko’rikdan o’tgan shaxsning
roziligi bilan bildirilishi mumkin. Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri
tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS
infeksiyasi)borligini boshqasidan yashirgan bo’lsa, shu shaxs nikohni
haqiqiy emas deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqlidir.
Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu
nikohni haqiqiy emas deb topishuchun asos bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |