Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan 
nazoratni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. 
Moliyaviy va boshqa mablag’larning kelib tushishini hamda siyosiy 
partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishini tekshirish 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida o’ndan bir 
qismidan iborat deputatlar guruhining murojaatiga binoan Qonunchilik 
palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Siyosiy partiya o’z faoliyatining moliyalashtirilishi masalalari 
yuzasidan tegishli davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin. 
O’zini-o’zi nazorat qilish savollari 
1. Jamoat birlashmalari qanday prinsiplar asosida faoliyat yuritadi? 
2. O’zbekistonda qanday jamoat birlashmalari tizimi mavjud? 
3. Jamoat tashkilotlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi qanday? 
4. O’zbekistonda qanday jamoat birlashmalari mavjud? 
5. “Siyosiy partiya” deganda nima tushuniladi? 
6. Siyosiy partiya qanday tartibda tuziladi? 
7. Siyosiy partiyaning faoliyati qaysi hollarda to’xtatiladi? 
8. O’zbekistonda siyosiy partiyalar qanday moliyalashtiriladi? 


359 
XVII BOB. OILA 
1-§. Oila jamiyat va davlat muhofazasida. 
2-§. Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy
huquq va majburiyatlari. 
3-§. Ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari. 
1-§. Oila jamiyat va davlat muhofazasida 
Davlatimiz o’z mustaqil taraqqiyotining ilk kunlaridanoq bozor 
munosabatlariga o’tish bosqichida oilalar haqida g’amxo’rlik qilish, ularni 
ijtimoiy himoya qilish bosh tamoyillardan ekanini e’lon qildi va bu sohada 
keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni 
amalga oshirdi. 
Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, davlatimiz va jamiyatimiz 
rivoji, avvalambor, oilalarimizda tinchlik-osoyishtalikning bardavom 
bo’lishi, oiladagi farovonlik va uning ishonchli ijtimoiy himoya kafolatlari 
tizimi orqali ta’minlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. 
Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich 
vazifasini o’taydi, ya’ni oilada odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va 
davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi. 
O’zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g’amxo’rligi 
kun sayin oshib bormoqda. Jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat-
e’tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog’i lozim. Har bir oila a’zosining 
jamiyatni tushunishi, hayot, mehnat, qonun va huquqni qay darajada 
anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim 
omildir. 
Davlatning oila to’g’risidagi g’amxo’rligi katta hajmda uy-joy 
qurilishi, bolalar muassasalarining keng shahobchalarini barpo etish va 
rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug’ilganda nafaqa to’lash, ko’p bolali 
oilalarga nafaqalar va imtiyozlar berish, shuningdek, oilaga nafaqa va 
yordam berishning boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon 
bo’lmoqda. 
Oila huquqining asosiy manbayi O’zbekiston Respublikasining Kon-
stitutsiyasidir. Konstitutsiyaning III bo’lim, XIV bobi “Oila” deb nom-
lanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilgan qoidalardir. 


360 
Yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy qonunda oilaga maxsus bob 
ajratilgan. Bu bob “Jamiyat va shaxs” bo’limida berilishi ham ayni 
muddao, chunki oila jamiyatning bir bo’lagi, uning asosiy bo’g’inidir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida 
ta’kidlangan quyidagi so’zlar nihoyatda ramziy va teran ma’nodadir: “Oila 
jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida 
bo’lish huquqiga ega”. 
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. Jamiyat 
katta-kichik oilalardan iborat. Bu oilalar qanchalik mustahkam bo’lsa, ja-
miyat ham shunchalik mustaham bo’ladi. Biz qurayotgan fuqarolik ja-
miyatida oila o’ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu 
xususiyati birinchi galda uning jamiyat manfaatlari bilan bog’liqligida 
hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalangan. 
Mamlakatda har bir oila va har insonning turmush farovonligini, 
fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga 
asoslanib ish olib borilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy so-
hadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar, xalqaro 
huquqiy standartlarga to’la-to’kis mos bo’lib, ular ruhini hayotimizga 
singdirish ishiga xizmat qilmoqda. 
Davlat tomonidan oilaga kun sayin g’amxo’rlik qilish, unga har tara-
flama moddiy yordam berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning 
muhim vazifalaridan biridir. 
O’tgan vaqt davomida respublikamizda ayollar va o’sib kelayotgan 
yosh avlod sog’lig’ini mustahkamlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar 
amalga oshirilishi natijasida sog’lom oilani shakllantirish, tug’ish yo-
shidagi ayollarni sog’lomlashtirish ishlari o’zining ijobiy samarasini berdi. 
Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respu-
blikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik holatlarini qayd etish 
tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd et-
ish qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida 
Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish 
(patronat) to’g’risida Nizom, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komis-
siyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga 
qaratilgan dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi 
“Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 


361 
to’g’risida”gi PF–5325-son Farmoni xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va 
oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni belgilab berdi. 
Xususan, ushbu Farmon asosida fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va 
ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimi 
o’rniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qo’mitalari 
tuzilmasiga o’tkazgan hamda mahalliy budjet mablag’lari hisobidan 
moliyalashtirish tartibini saqlagan holda 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish