590
o’zi boshqarish organi” va “fuqarolar yig’ini” iboralari bir ma’noni
anglatadi.
Mahallalar shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar
hududida tashkil etiladi. Mahallalar ma’muriy-hududiy birliklar
hisoblanmaydi.
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi
Qonunning 31-moddasiga asosan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish
ma’muriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, bo’linganda,
tugatilganda, chegaralari o’zgartirilganda fuqarolar yig’inining
qaroriga ko’ra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”. Demak,
fuqarolar yig’inining faoliyati mahallalarni tashkil qilish va qayta tashkil
etish, ularning chegaralarini belgilash
kabi omillarga bevosita
bog’liqligini e’tirof etish lozim.
Ushbu munosabatlar “Shaharlar, posyolkalar va ovullarning
mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo’lish va tugatish, shuningdek,
ularning chegaralarini belgilash va o’zgartirish, ularga nom berish va
ularning nomini o’zgartirish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablari bilan
tartibga solinadi.
Xo’sh, mahallalarni tuzish uchun qanday sharoitlar bo’lishi taqozo
etiladi?
Birinchi navbatda, mahallani uzish uchun kamida 500 oila
yashaydigan aholi punktlarining geografik joylashishi hisobga olinadi.
Mahallalar,
istisno hollarda, 500 nafardan kam aholi, lekin kamida
100 oila yashaydigan borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda tashkil
etilishi mumkin.
Mahallalar tuzish mumkin bo’lmagan taqdirda,
posyolkalar,
qishloqlar va ovullarning hududlari, mahallalar tuzmasdan, posyolkalar,
qishloqlar va ovullarning tegishli fuqarolar yig’inlari tomonidan
boshqariladi.
Agar posyolka, qishloq va ovulning fuqarolar yig’ini hududida ko’pi
bilan 1500 oila istiqomat qilsa, ushbu posyolkalar, qishloqlar va ovullarda
mahallalar tuzilmaydi.
Mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflar
posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig’ini
kengashi tomonidan posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining
fuqarolar yig’iniga ko’rib chiqish uchun kiritiladi.
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo’lish bo’yicha takliflarda:
–aholi fikrini o’rganish to’g’risidagi;
591
–muayyan hudud, uning tarixiy va
geografik xususiyatlari
to’g’risidagi;
–yaqin atrofdagi aholi punktlari va mahallalarning joylashishi
to’g’risidagi;
–ushbu hududda yashaydigan aholi va oilalar soni to’g’risidagi;
–ushbu hududda joylashgan eng yirik sanoat, transport tashkilotlari
va boshqa tashkilotlar, fermer xo’jaliklari to’g’risidagi;
tuziladigan, birlashtiriladigan va bo’linadigan mahallalarning
chegaralarini belgilash bo’yicha takliflar to’g’risidagi;
–mahallalarga nom berish va ularning nomini o’zgartirish bo’yicha
takliflar to’g’risidagi axborotlar aks ettiriladi.
Posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig’ini
mahallani tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqib
o’zining qarori bilan ularni ma’qullaydi yoki asoslangan holda rad etadi,
zarurat bo’lganda, ularga tegishli o’zgartirishlar kiritishni tavsiya etadi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda mahallalarni tuzish,
birlashtirish
va bo’lish bo’yicha takliflar uch kun mobaynida posyolkalar, qishloqlar,
ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig’inlari tomonidan
tegishli iltimosnoma bilan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
Tegishli tuman (shahar) hokimiga yuborilayotgan iltimosnomaga
quyidagilar ilova qilinadi:
–tegishli posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar
yig’inining mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflarni
ma’qullash to’g’risidagi qarori;
–tuzilayotgan, birlashtirilayotgan mahallaga
nom berish va faoliyat
ko’rsatayotgan mahallalarning nomini o’zgartirish bo’yicha takliflar;
–mahalla hududining tuman, shahar hokimi bilan oldindan
kelishilgan rejasi (mahallalar chegaralarini belgilash va o’zgartirish)
bo’yicha takliflar.
Tuman, shahar hokimi mahallani tuzish, birlashtirish, bo’lish
to’g’risida posyolka, qishloq, ovul yoki shahar mahallalarining fuqarolar
yig’ini tomonidan kiritilgan takliflarni besh kun muddatda ko’rib
chiqadi hamda mahallaning chegaralari rejasini va tavsifini tayyorlashni,
shuningdek,
unga nom berish, uning nomini o’zgartirish bo’yicha
takliflarni kelishishni ta’minlaydi.
Tuman, shahar hokimi mahallaning nomi kelishilgandan hamda
uning chegaralari rejasi va tavsifi tayyorlangandan keyin o’n kun
muddatda, mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo’lish bo’yicha takliflarni,
592
ularga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, xalq deputatlari tegishli tuman,
shahar Kengashiga kiritadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi
navbatdagi sessiyada
tuman, shaharlar hokimining taklifini ko’rib chiqadi va mahallani tuzish,
mahallalarni birlashtirish, mahallani bo’lish (ularning chegaralarini
belgilagan va ularga nom bergan yoki ularning nomini o’zgartirgan holda)
to’g’risida yoxud ushbu taklifni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining vakolatlari
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun
normalari bilan tartibga solinadi (qarang: “Fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun).
Do'stlaringiz bilan baham: