Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)ni saylash tartibi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)ni saylash tartibi 
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bo’lib o’tadigan 
saylovlar muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu saylovlarda fuqarolar 
yig’inining vakillik organlari va mansabdor shaxslari saylanadi. Mahalla 
aholisining hayot faoliyatini ta’minlash bilan bog’liq masalalarini hal 
qilish vazifasi yuklatiladigan, aholiga eng yaqin bo’lgan ijtimoiy 
hokimiyat tuzilmasi aynan shu yo’l bilan shakllantiriladi. Shu bilan 
birga,saylovlar aholi oldida mas’ul bo’lgan organlar va mansabdor 
shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilishning muhim shakli hisoblanadi. Har 
bir saylov kampaniyasi fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga 
xizmat qiladi, ularning eng dolzarb ehtiyojlari va manfaatlarini namoyon 
etishi bilan birga, ijroni ta’minlash uchun asos yaratadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkaziladigan 
saylovlar mamlakatimizda demokratik jarayonlarni yanada 
chuqurlashtirish va huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etishda ulkan 
ahamiyatga molik muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir hisoblanadi. Uning 
muhimligi, avvalo, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining xalq va 
davlat hayotidagi alohida ahamiyati, o’tkazilayotgan keng miqyosli 
islohotlarda ularning rolini oshirish zarurligi bilan belgilanadi. 
Qadim-qadimdan mahalla jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy 
an’analar va odatlarni asrash, turmushdagi ko’pgina dolzarb masalalarni 
hal etish markazi bo’lib kelgan. Siyosat va iqtisodiyot, davlat hayoti va 


593 
madaniy hayot muammolariga doir umumiy fikr aynan mahallada 
shakllanadi, odamlarning jamiyatdagi xulq-atvori qoidalari belgilanadi
253

Saylanadigan 
lavozimlarga 
nomzodlarni saylash jarayonini tartibga 
soluvchi huquqiy normalar majmui fuqarolar yig’inida bo’lib o’tadigan
saylovlarning huquqiy institutini tashkil etadi. Mazkur institutni tartibga 
solish predmeti quyidagilarda ifodalanadi: 

saylov huquqining asosiy prinsiplari; 

saylanadigan lavozimlarga – saylovchilar va nomzodlarga nisbatan 
qo’yiladigan talablar; 

saylovlarni tashkil etish va o’tkazish bilan bevosita shug’ullanadigan 
saylov komissiyalarini shakllantirish va ularning faoliyatini 
ta’minlash; 

saylov jarayoni subyektlarining maqomi; 

saylov kampaniyasi jarayoni va ovoz berish; 

saylovlarni moliyalashtirish tartibi; 

saylov natijalarini aniqlash tartibi; 

saylov kampaniyasi jarayonida ro’y bergan tartibbuzarlik ustidan 
shikoyat qilish, ovoz berish va saylov natijalari yuzasidan norozilik 
bildirish. 
Fuqarolar yig’inida saylovlarni huquqiy tartibga solishning ikki 
jihatini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi, fuqarolar yig’iniga saylov 
o’tkazish tartibini belgilab olishdan iborat bo’lsa, ikkinchisi, fuqarolar 
yig’iniga saylov o’tkazish kafolatlari, shuningdek, fuqarolarning fuqarolar 
yig’ini organlariga saylash va saylanishining konstitutsiyaviy huquqlarini 
himoya qilishdan iboratdir. So’nggi jihatini quyidagicha izohlash 
mumkin: fuqarolarning saylov huquqini himoyalash (kafolatlash) 
masalalari bo’yicha qonunlar qabul qilinadi va mazkur huquqlarning 
cheklanishi me’yorini belgilovchi chegara faqat qonun yo’li 
bilanginao’rnatiladi.
Quyidagilar fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlariga 
o’tkaziladigan saylov jarayonining asosiy bosqichlari bo’lib hisoblanadi: 
1) saylovlarni tayinlash (vakolatli organ tomonidan saylov sanasini 
belgilash to’g’risida qaror qabul qilinishi);
253
ХалиловЭ

Фуқароларнинг
ўзини
ўзи
бошқариш
органларини
шакллантириш
ва
мамлакат
тараққиётининг
ҳозирги
босқичида
уларнинг
ролини
ошириш
// 
Фуқароларнинг
ўзини
ўзи
бошқариш
органларига
сайловга
тайёргарлик
кўриш
ва
сайловни
ўтказишга
доир
республика
семинар
-
кенгашининг
материаллари
. – 
Тошкент
, 2003. – 
Б
.3. 


594 
2) saylovchilar ro’yxatini tuzish;
3) nomzodlarni ko’rsatish va ularni ro’yxatdan o’tkazish;
4) ovoz berish va ovozlar yakunini chiqarish, saylov natijasini aniqlash va 
uni matbuotda e’lon qilish. Bunda fakultativ bosqichlar – qonunda 
belgilangan tartibda takroriy ovoz berish va takroriy saylovlarni 
o’tkazish harakatlari bo’lishi mumkin.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish