Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

 
 
O’zini - o’zi nazorat qilish savollari 
1
.
 Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur? 
2
.
 O’zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday 
tashkil qilingan? 
3
.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy vazifalari 
nimalar? 
4
.
 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday? 
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar.
Nima uchun ular vakillik organlari deyiladi? 
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qi-
linadi? 
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday? 
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi? 
9. Hokimlarning maqomi qanday? 
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi? 
 
 


583 
XXV BOB. FUQAROLARNING O’ZINI O’ZI BOSHQARISH 
ORGANLARI 
1-§. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarininghuquqiy
asosi uni tuzish tartibi va vakolatlari. 
2-§. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) ni saylash tartibi. 
3-§. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining tarkibiy 
tuzilmalari, ularning vakolatlari. 
4-§. Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro munosabatlari. 
1-§.Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining huquqiy asosi, 
uni tuzish tartibi va vakolatlari 
Muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi 
hayotning o’zi o’rtaga qo’yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini 
taqozo etadi – bu esa o’z navbatida yangi muammolar va ularni bartaraf 
etish yo’lidagi yangi vazifalarni yuzaga keltiradi. 
Yurtimizdagi o’zgarish va yangilanishlar jarayonining ko’lami 
kengayib, samaradorligi oshib borgani sari jamiyat hayotining barcha 
sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tobora ko’proq 
sezilmoqda.Mazkur talablardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasida 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini shakllantirish hamda ular 
faoliyatining samaradorligini oshirishda ularning huquqiy asoslarini 
yaratish yetakchi o’rinni egalladi. Shu munosabat bilan davlatimiz 
mustaqillikka erishganidan buyon fuqarolar o’zini o’zi boshqarish 
organlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga jiddiy 
e’tibor qaratdi. Bugungi kunda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi 
quyidagi normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda); 
2.
«Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi 
qonun; 
3.
“Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi Qonun; 
4.
“Mahalla institutini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Prezident Farmoni (2017-yil3-fevral); 
5.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori (2013-yil 
7-oktabr) va h.k.lar. 
1992-yil 12-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoniga ko’ra, tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni 


584 
e’zozlash va izchil targ’ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va 
an’analarini keng ommalashtirish, respublikaning mahallalari o’rtasida 
madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo’lga qo’yish, shuningdek, ularni 
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlash choralarini davlat yo’li
bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamg’armasi 
tashkil qilindi. 
Ulug’ ajdodlarimizning an’analarini davom ettirgan holda, ushbu 
organ faoliyati muhimligiga e’tiborni jalb qilib, 1993-yil 3-fevral kuni 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent shahri mahallalarining
bir guruh oqsoqollari bilan uchrashdi, u yerda eng dolzarb va muhim 
masalalar muhokama qilindi.
Biz o’rganiyotgan davrning kun tartibida fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari masalalarini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar 
ishlab chiqish ham dolzarb vazifa bo’lib turgan edi. 
1990-yilning iyun oyidayoq Oliy Sovetning ikkinchi sessiyasida 
yangi konstitutsiya loyihasini yaratish bo’yicha konstitutsiya komissiyasi 
shakllangan edi. Loyihada, mahalla yuzaga kelgan davrdan boshlab 
birinchi marta, unga o’zini o’zi boshqarish instituti sifatida institutsial 
yondashuv ishlab chiqildi. 
Yangi Konstitutsiya loyihasida “Mahalliy o’zini o’zi boshqarish” 
“Davlat hokimiyati tizimi” bo’limiga kiritilgan edi
235
. Mazkur me’yorning 
birinchi ko’rinishdagi tahririda quyidagilar bor edi: “Qishloq va ovullarda 
fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular 2,5 yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va 10-20 kishi miqdorida uning 
maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlarini saylash 
tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan 
belgilanadi”
236
. Mazkur jumla mazmuni jihatidan juda ko’p marotaba 
o’zgartirildi.
1992-yil 26-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 
loyihasi ommaviy axborot vositalarida chop etildi va umumxalq 
muhokamasiga qo’yildi. Mahalla instituti masalalari konstitutsiya 
loyihasining 104-moddasida o’z aksini topdi: “Qishloq va mahallalarda 
fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular 2,5 yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini 
235
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари

М
.69. 
О
.1. 
Т
.1. 
Б
.119. 
236
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари

М
.69. 
О
.1. 
Т
.3. 
Б
.88. 


585 
o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda 
vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”
237

Yangi konstitutsiya loyihasi butun respublika bo’ylab qizg’in 
muhokama qilindi: “Qishloq va mahallalarda fuqarolarning yig’inlari, 
o’zini o’zi boshqarish organlari haqida so’z borgan 104-modda juda puxta 
tahlil va jiddiy munosabatni talab etadi. Bugungi kunda hammadan ham 
ularning huquqi cheklangan. Ularning yarmisi namunaviy binolar, 
transportga ega emas, texnik jihatdan asbob uskuna bilan ta’minlanmagan 
va yomon jihozlangan”
238

Konstitutsiya loyihasidagi yangilik shundan iborat ediki, 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari endi nafaqat hududiy birlik 
(mahalla), balki, avval davlat hokimiyati (mahalliy kengashlar) yaratilgan, 
ma’muriy-hududiy birlik (qishloq) darajasida ham shakllanishi 
nazarda tutilgan edi. Mazkur qoida ma’lum funksional vazifaga ega edi, u, 
birinchi navbatda, mahalliy kengashlar va fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari o’rtasida vakolatlar taqsimotini nazarda tutgan edi.
Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish davrida ko’rib 
chiqilayotgan me’yor bo’yicha juda ko’p takliflar tushdi: “Konstitutsiyada 
qishloq kengashlari mahalla qo’mitalari bilan tenglashtirilgan”
239
, “modda 
mazmunan noaniq: so’z qishloq kengashlari raislari haqidami yoki
mahalla kengashganlari yoki mahalla shaklidagi qishloqlar raislari 
haqidami, tushunarsiz”
240
, “Konstitutsiya loyihasida fuqarolar yig’ini 
hokimiyat organimi yoki jamoat tashkiloti borasidagi masala hal 
qilinmagan”
241
. “Respublika aholisining aksariyati posyolka, qishloq, ovul 
va mahallalarda istiqomat qiladi. Negadir bu vaziyat konstitutsiya 
loyihasining 104-moddasida inobatga olinmagan”
242
, “qishloq va posyolka 
Kengashlari raislari besh yil muddatga, butun xalq oldida yashirin ovoz 
237
Халқ
сўзи
. 1992 
йил
26 
сентябрь

238
К
.
Махмудов

Решая
взвесить
и
выверить
. // 
Народное
слово
. 1992 
йил
27 
октябрь

239
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари
. // 
А

Болбоев

М
.69. 
О
.1. 
Т
.13. 
Б
.65. 
240
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари
. // 
Б
.
Уринбоева

Холматов

М
.69. 
О
.1. 
Т
.7. 
Б
.240. 
241
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари
. // 
О
.
Амиркулов

М
.69. 
О
.1. 
Т
.13. 
Б
.248. 
242
ЎзР
МДА
. 1992 
йил

декабрда
12-
чақириқ
Олий
Советнинг
XI 
сессиясида
қабул
қилинган
Ўзбекистон
Республикаси
Конститутициясининг
материаллари
. // 
А
.
А
.
Абдирашитов

М
.69. 
О
.1. 
Т
.13. 
Б
.372. 


586 
berish yo’li bilan saylanishi kerak”
243
, “saylovlarga nomzodlar siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish