Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Shaharchalar
ham ma’muriy-hududiy birlik bo’lib, uning turkumiga 
sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo’l stantsiyalari va boshqa muhim 
obyektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo’lgan 
aholi punktlari kiritilishi mumkin. 
169
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1996 
йил
, N 9, 139 
модда


393 
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Qishloqlar
– ma’muriy-hududiy bo’linishning quyii bo’g’inlaridan 
biridir. Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo’lgan 
qishloq markazlari va ma’lum sanoat obyektlari atrofida istiqomat qiluvchi 
aholining yashash joylari qishloqlar bo’lishi mumkin. 
Ovullar
esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va 
turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda ko’p hollarda 
chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko’chib yuruvchi bir necha 
cho’ponlar oilalaridan tashkil topadi. 
3-§.Ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, o’zgartirish va 
tugatish tartibi 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasida 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining 
chegaralarini o’zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar 
tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Mazkur konstitutsiyaviy normani amalda ro’yobga chiqarish tartibi 
O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-
hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida”gi qonuni
170
da 
mustahkamlangan. Ushbu qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini 
o’zgartirish, ma’muriy markazlarni ko’chirish hamda aholi punktlarini 
shahar, shaharchalari turkumiga o’tkazish tartibini belgilaydi. 
Konstitutsiyaga binoan viloyatlarni tuzish va tugatish O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga 
oshiriladi.
170
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1996 
й
., 9-
сон
, 139-
модда

Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2004 
й
., 51-
сон
, 514-
модда
; 2011 
й
., 41-
сон

449-
модда
; 2017 
й
., 24-
сон
, 487-
модда



394 
Qoraqalpog’iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i 
Kenges tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi 
bilan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, 
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa –Jo’qorg’i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi 
bilan Jo’qorg’i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan 
o’zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o’zgartirish tegishli 
viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy 
Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini 
o’zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar va ovullar chegarasini o’zgartirish, aholi punktlarini 
birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq 
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston 
Respublikasida esa –Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko’chirish 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo’qorg’i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko’chirish 
tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash 
va ko’chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq 
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston 
Respublikasida esa – Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, 
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston 


395 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini 
belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining 
taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli 
tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat 
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa — Jo’qorg’i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Mavjud aholi punktlari hisobining Yuritilishini hamda yangi paydo 
bo’lganlari ro’yxatdan o’tkazilishini tegishli ravishda Jo’qorg’i Kenges, 
viloyat hokimliklari ta’minlaydilar. 
Demak, ma’muriy-hududiy birliklar – bu qonun asosida tuzilgan, 
ma’lum nomga, tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo’lgan va boshqa 
ma’muriy-hududiy birliklar bilan munosabatda bo’ladigan O’zbekiston 
Respublikasi hududining tarkibiy qismlaridir.O’zbekiston 
Respublikasiningma’muriy-hududiy birliklariga viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar kiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish