Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

autonomia
, ya’ni 
autos
-o’zi va 
nomos
-qonun, o’zinio’zi boshqarish, qaysidir davlat 
tarkibida ichki masalalarni mustaqil hal qilish huquqi degan ma’noni 
bildiradi
1
.
Odatda, avtonomiyaning quyidagi uch tavsifi beriladi: personal, 
korporativ va hududiy. Personal avtonomiya tarqoq yashaydigan, til, 
madaniyat, turmush tarzi masalalari bilan shug’ullanish uchun biror-
bir millat, etnik guruh uyushmalarining (maslahat ovozi huquqida) 
markaziy hokimiyat organlaridagi vakilligi orqali siyosiy hayotda 
ishtirok etish imkoniga ega bo’ladilar (misol uchun, Avstriya, 
Vengriya). Ko’pchilik adabiyotlarda bunday avtonomiya “hududiy” 
emas, “milliy-madaniy” deb ataladi. 
Korporativ avtonomiya lingvistik hamjamiyatlar mavjudligi bilan 
bog’lanadi. Bunday hamjamiyatlar uchun davlat apparatida joylar 
ajratiladi, uning hududida ishlaydigan boshqa etnik guruh vakillari esa, 
mahalliy aholi tili va turmush tarzini yaxshi bilishi lozim bo’ladi. Bundan 
tashqari, sud jarayoni, maktab ta’limi mahalliy tilda olib borilishi mumkin. 
Misol uchun, Hindistonda bunday avtonomiyaga ro’yxatga olingan qabila 
va kastalar ega. 
Hududiy avtonomiya ommaviy hokimiyatning hududiy tashkil 
etilishini anglatadi. U etnik yoki boshqa xususiyatga ega bo’lgan guruhlar 
1
Словарь
иностранных
слов

М
.: «
Русский
язык
». 1987. 
С
. 13 


387 
kompakt joylashgan hollarda tuziladi
167
. Ayrim xorijiy davlatlar 
amaliyotida yirik (yuqori) hududiy birliklar, ya’ni mintaqalar 
avtonomiyasi davlatning hududiy-siyosiy tashkil etilishi, quyi hududiy 
birliklar avtonomiyasi o’z-o’zini boshqarish sifatida belgilanmoqda. 
Masalan, unitar davlat bo’lgan Ispaniyada avtonomiya rasman 
mintaqalarga berilganligi hududiy-siyosiy tashkil etishda mintaqaviy 
davlat shaklining ajratilishiga asos bo’lmoqda. Yaponiya va mintaqaviy 
deb e’tirof etilgan Italiyada avtonomiya barcha ma’muriy-hududiy 
birliklariga berilgan.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan bo’ladi. 
Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat o’z 
oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini 
tashkil etish, aholining xavfsizligini ta’minlash va boshqa vazifalarni 
amalga oshirish maqsadida turli xil faoliyatni yuritadi. Agar davlatda 
aholining soni ko’p bo’lsa, hududiy jihatdan ancha katta bo’lsa, bu 
sharoitlarda markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish mushkuldir.
Hududi katta, aholisi zich va milliy-etnik tarkibi turli-tuman bo’lgan 
davlatlarda ma’muriy boshqaruv samaradorligini oshirish va mahalliy 
sharoitlardan kelib chiqqan holda huquqiy demokratik prinsiplarni 
tabaqalashgan tarzda shakllantirish kabi bir qancha masalalarni xal qilish 
uchun yagona davlat yer kengliklari ma’lum bir qism (bo’linma)larga 
ajratiladi. 
Davlat tuzilishi shakli
 – 
davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy 
tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar va ushbu qismlar 
hamda markaziy va mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlardir
168
. Demak, davlat tuzilishida davlatning ma’muriy-
hududiy tashkil etilishi eng birlamchi ko’rsatkich va asosiy elementlaridan 
biridir.
Davlat tuzilishiga ko’ra davlatlar oddiy – unitar(
lotincha so’zdan 
olingan bo’lib, «yagona» degan ma’noni anglatadi) 
hamda murakkab – 
federativ yoki konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlatning tuzilish 
shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim 
167
Большой
юридический
словарь
. / 
Под
ред

А
.
Я

Сухарева

В
.
Е

Крутских
. – 2-
е
изд
., 
перераб

и
доп
. – 
М
.: 
ИНФРА
-
М
, 2002. 
С
. 125. 
168
Давлат
ва
ҳуқуқ
назарияси

Ҳ
.
Б
.
Бобоев
ва
Х
.
Т
.
Одилқориевлар
умумий
таҳрири
остида
. – 
Т
.: 
Иқтисодиёт
ва
ҳқуқ
дунёси
,2000. 141-
бет



388 
xususiyati – aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas 
bog’liqdir. 
Unitar davlatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, 
ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada bo’ladi. Ba’zi 
unitar davlatlarda maxalliy organlar bo’lmaydi va ma’muriy-hududiy 
bo’linmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Mahal-
liy organlar tashkil etilgan unitar davlatlarda esa, ular markaziy hokimiyat 
nazorati ostida bo’ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan 
nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, markazlashgan va 
markazlashmagan unitar davlatlarga bo’linadi. 
Bundan tashqari ba’zi unitar davlatlarda ma’muriy-hududiy 
bo’linmalarning ayrimlariga boshqalarga qaraganda imtiyozliroq huquqiy 
maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil 
muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo’ladi. Muxtoriyatlar mustaqilligi 
markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina bo’ladi. 
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar bo’lmaydi. Uni-
tar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo’linmalar faqat mahalliy masalalarni 
hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlat-
ning barcha hududiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Unitar davlatlarga ko’plab 
misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston unitar davlat hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi “sof holda”gi unitar va
federativ davlatlarning kam uchrashiga olib kelmoqda. Unitar davlatlar 
ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy bo’linmalariga bermoqda, federativ 
shakldagi davlatlarda esa ularning markaziy organlari hokimiyatlarini
butun federatsiya hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. Demak 
“sof holda”gi unitar va federativ davlat shakllari kam uchraydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish