Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O’zini o’zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

 
O’zini o’zi nazorat qilish savollari 
1.
 
Oilani davlat va jamiyat himoyasida bo’lish huquqi qanday? 
2.
 
Mamlakatimizda oila institutini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish 
borasida qanday islohotlar amalga oshirildi? 
3.
 
Nikoh tushunchasi, tuzish tartibi va shartlari qanday? 
4.
 
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy-nomulkiy huquqlariga 
qanday huquqlar kiradi? 
5.
 
Voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlarini himoya qilish 
usullariga nimalar kiradi? 
6.
 
Voyaga yetmagan bolalarning javobgarligi qanday o’ziga xos 
xususiyatlarga ega?
7.
 
Ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi deganda nimani 
tushunasiz? 
8.
 
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlarning o’z 
 
ota-onasiga ta’minot berish majburiyati qaysi normativ-huquqiy 
hujjatlarda mustahkamlangan va u qay tartibda ta’minlanadi? 
8. Aliment majburiyatlari deganda nimani tushunasiz? 


376 
XVIII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY 
AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINING 
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 
1-§. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari. 
2-§. Ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari. 
1-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari 
Bugungi zamon fanida va huquqni qo’llash amaliyotida OAV 
qonunchilik, ijro va sud hokimiyati tarmoqlari bilan birga hokimiyatning 
to’rtinchi tarmog’i sifatida tasniflanishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ta’kidlashjoizki, OAV huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
shakllanishida, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining totuvligi va 
o’zaro tushunishini mustahkamlashda salmoqli o’rin egallaydi. Ommaviy 
axborot vositalarining jamiyatimiz huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi 
va fuqarolarda qonunga, inson huquqlari va erkinliklariga, demokratik 
qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishdagi o’rni muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Konstitutsiyamizning 67-moddasi OAVning maqomini 
konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan belgilab, OAVning erkinligi; ularning 
qonunga muvofiq faoliyat yuritishi; axborotning to’g’riligi uchun 
javobgarlik; senzuraga yo’l qo’yilmasligi uning muhim tarkibiy qismlari 
hisoblanadi. 
Shuningdek, Konstitutsiyaning 12-moddasida “hech qaysi mafkura 
davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo’yildi. 
Asosiy qonunning 29-moddasida esa har kimga so’z va fikrlash 
erkinliklari kafolatlangan. Konstitutsiyaning ushbu va boshqa 
o’zarobog’langan moddalarining qoidalari ommaviy axborot vositalari 
instituti izchil demokratik rivojlanishining asosi va rag’bati bo’lib xizmat 
qiladi. 
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining 
erkin va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur huquqiy asoslar va 
kafolatlar, keng imkoniyatlar yaratilgan.
Mazkur sohada o’ndan ziyod qonunlar, qariyb 30 qonunosti hujjatlari 
qabul qilingan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni asosida 1994-yildan e’tiboran har yili 27-iyun kuni 


377 
O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni 
nishonlanib kelmoqda. Bu ommaviy axborot vositalarining davlat 
suvereniteti g’oyalarini targ’ib qilish, yangi demokratik jamiyat qurish, 
fuqarolarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi roliga davlat 
tomonidan katta ahamiyat berilayotganini tasdiqlaydi. 
Ommaviy axborot vositalari kelgusida mustaqil rivojlanishi uchun 
shart-sharoitlar yaratgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2011-yil 30-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada 
rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish 
to’g’risida”gi qarori muhim dasturiy hujjatga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi 
“Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat 
turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq ommaviy axborot 
vositalari, poligrafiya korxonalari va nashriyotlarining faoliyatini 
tashkil qilish uchun ruxsat va litsenziya olish davlat boji stavkalari ikki 
marotaba qisqartirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek, ushbu va boshqa qator tizimli tashkiliy-huquqiy 
chora-tadbirlar natijasida “Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan
ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatmoqda. Birgina 
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir 
sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, 
mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo’g’i 48 soatga teng edi, xolos”
162

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining 
tarkibi tubdan o’zgarayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Buni yurtimizdagi 
barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi 
nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Eng tezkor 
axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayapti. 
Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan 
oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko’rsatyapti
163

Ta’kidlash joizki, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borishi va jahon 
162
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
Мирзиёевнинг
Матбуот
ва
оммавий
ахборот
воситалари
ходимлари
кунига
бағишланган
маърузаси
(2017 
йил
27 
июнь
). 
163
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
Мирзиёевнинг
Матбуот
ва
оммавий
ахборот
воситалари
ходимлари
кунига
бағишланган
маърузаси
(2017 
йил
27 
июнь
). 


378 
internet makonida milliy segmentning ko’payishi jahon maydonida 
Vatanimiz, mamlakatimiz obro’si oshib borishiga xizmat qiladi. 
Ushbu sohada qabul qilinayotgan barcha choralar OAVning yanada 
erkin rivojlanishi, ularning faoliyati takomillashuvining muhim omili 
bo’lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida OAV soni 3,6 marotaba 
ko’paydi.
O’zbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi, Milliy matbuot markazi, 
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil 
bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqa OAVning o’zini o’zi 
boshqarish, o’zini o’zi tashkil qilish tuzilmalari tuzilishi OAV faoliyati 
sohasidademokratik islohotlarning muhim omili va ayni vaqtda natijasi 
bo’ldi. 
Natijada, mustaqillik yillarida OAVning normativ huquqiy negizini 
yaratish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilgan bo’lib, bu ularning 
huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatimizda so’z erkinligini 
ta’minlash muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Xususan, “Ommaviy axborot 
vositalari to’g’risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va 
erkinligi to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari 
to’g’risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi, 
“Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi, 
“Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi. 
Shu ma’noda alohida ta’kidlash joizki, 1997-yildagi “Ommaviy 
axborot vositalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni bu 
boradagi birinchi tizimli qonun hujjati bo’ldi. Shu bilan birga 
mustaqil OAV shakllangan sari jamiyatning izchil demokratlashuvi va 
mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida ular faoliyatining yangi 
mezonlari, vazifalari vujudga keldi.
Shu munosabat bilan 2007-yil 15-yanvarda “Ommaviy axborot 
vositalari to’g’risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, unda OAV 
faoliyatining turli jihatlarini yanada liberallashtirishni ta’minlovchi, OAV 
faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytiruvchi qator normalar 
mustahkamlandi. Xususan, yangi tahrirdagi qonundan basharti ariza 
sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to’g’risidagi qarori 
qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yil o’tmasdan berilgan bo’lsa yoki 
ommaviy axborot vositasining muassisi yo muassislaridan biri yo 
noshirning joylashgan manzili O’zbekiston Respublikasining 
tashqarisida bo’lsa, ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishni rad 


379 
etish huquqini belgilovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek, 
ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishda “Ommaviy axborot 
vositalari to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilgan talablardan tashqari 
boshqa talablar qo’yish taqiqlanishi belgilandi. Bundan tashqari, ommaviy 
axborot vositalarini qayta ro’yxatdan o’tkazish tartibi soddalashtirildi, 
ularning ro’yxatdan o’tmaydigan doirasi kengaytirildi. 
Ta’kidlash lozimki, OAV faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil 
qiluvchi normalar huquqning moliyaviy, iqtisodiy, mehnatga oid, 
ma’muriy, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi turli tarmoqlari 
qonun hujjatlarida ham o’z aksini topdi. Bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish sharoitida OAV faoliyatini moddiy qo’llab-quvvatlash
va iqtisodiy kafolatlash to’g’risida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi. So’nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq 
OAVga soliq afzalliklari va turli iqtisodiy yordam berilyapti. Ushbu va 
boshqa qator choralar OAVning bozor sharoitida erkin mustaqil 
rivojlanishining muhim omiliga aylandi. 
Parlamentimiz tomonidan 2010-yilda qabul qilingan 
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi OAVning huquqiy 
demokratik asoslarini izchil chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo’ldi. 
So’z va axborot erkinligini ta’minlashni davlat siyosatining eng muhim 
ustuvor yo’nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy hujjatga muvofiq
fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAVning rolini yanada 
kuchaytirishga qaratilgan qator muhim qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunda davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risidagi axborotdan ommaviy 
axborot vositalarining teng va erkin foydalana olishi samarali huquqiy 
kafolatlar yaratildi.
Sharhlanayotgan modda qoidalari xalqaro huquq normalariga, 
xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to’la mos 
keladi: “Har bir inson o’z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq 
davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday usulda turli axborot va 
g’oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”. 
K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili Tomas 
Kuntse shu munosabat bilan ta’kidlaydiki, “O’zbekiston o’zining 
taraqqiyot yo’lini belgiladi, o’z oldiga kuchli fuqarolik jamiyati qurish 
maqsadini qo’ydi, axborot sohasini isloh qilishga, nodavlat OAVni 


380 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Bugun shubhalanmasdan ta’kidlash 
mumkinki, boshqa davlatlar O’zbekiston bu borada to’plagan tajribani 
o’zlashtirishi mumkin”. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish