496
kelishmovchiliklar vujudga kelgan va bu nizolarning bugungi kungacha
ham davom etib kelayotganini kuzatish mumkin.
Tarix demokratik institutlarning rivoji va tanazzulini, ayrim o’zaro
nizolarning murakkab va ayanchli oqibatlarini aniq ko’rsatib bergan.
Ko’plab tarixiy va yuridik hujjatlarda ta’kidlanishicha,
demokratiyaning beshigi bo’lib Yunoniston (Gretsiya) hisoblanadi. Bunga
ma’lum ma’noda o’sha davrdagi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
sohadagi barqaror va tinch taraqqiyoti sabab bo’lgan. Natijada davlat
boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishga zarurat bo’lmagan,
bu esa o’z navbatida ijtimoiy hayotda saylanib qo’yiladigan vakillik
organlari(institutlar)ning rivojlanishi uchun yo’l ochib bergan.
Afinada antik demokratiyaning mavjud bo’lgan klassik ko’rinishi –
boshqaruvning oliy organi bo’lib
xalq yig’ini
, uning ishchi organi bo’lgan
areopag
, ya’ni urug’ oqsoqollarining Kengashi, keyinchalik ular oliy
nazorat va sud organining vazifasini bajargan. Ijro etuvchi hokimiyat esa
oliy mansabdor shaxs – arxont
tomonidan amalga oshirilgan.
Rim demokratiyasi Yunon demokratiyasidan oliy darajadagi
mansabdor shaxslar bo’lgan
konsullarning
katta vakolatlarga ega
bo’lishlari bilan farq qilgan. Shuning uchun ham Rimda uzoq vaqt
davomida vakillik va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o’rtasida
mutanosiblik saqlangan.
Rim respublikasi o’zi “anglamagan” holda ijro etuvchi tarmoqni
kuchaytirish orqali imperiyaga intilgan. Biroq imperiya tashkil etilgach,
chegaralarni kengaytirish maqsadida tinimsiz urushlar olib borilib, Rim
ichki ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga e’tiborni susaytirgan va u
butun kuchlarini imperiya tuzumini saqlab qolishga safarbar etgan,
oqibatda saltanat ichidan zaiflashib, tanazzulga yuz tutgan.
Yunon (Grek) demokratiyasi vakillik hokimiyatiga, Rim
demokratiyasi esa ijro hokimiyatiga xos bo’lgan kamchiliklarni va
ularning zaif jihatlarini yaqqol namoyon qilgan. Na u, na bu
hokimiyat bir-birini “tiyib” turishga qodir bo’lmagan. Natijada jamiyat
rivojini muntazam ta’minlab bera olmagan. Yunon – Rim tajribalari shuni
ko’rsatdiki, teng vakolatlarga ega bo’lgan hokimiyatning bu ikki tarmog’i
jamiyatdagi ijtimoiy kuchlarning muvozanatini saqlab tura olmagan.
Buning uchun mustaqil bo’lgan yangi “institut”ga ehtiyoj tug’ilgan
va bu institut davlatchilikning tarixiy rivojlanishi jarayonida
paydo bo’lgan. Bu institut hokimiyatning uchinchi tarmog’i bo’lgan –
Do'stlaringiz bilan baham: