Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

–to’rtinchidan, 
“dunyo tajribasiga ko’ra, doimiy ishlovchi quyi 
palataning mavjudligi ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini 
kuchaytirish imkonini beradi. Bir yilda uch marta faqat sessiyalarda 
yig’iladigan parlament bilan bu vazifani amalga oshirib bo’lmaydi. 
Doimiy ishlovchi professional quyi palataning mavjudligi esa, deputatlarga 
qonun ishlab chiqish va uni qabul qilish bilan bir qatorda, ularning qay 
darajada ijro etilayotganligini ham nazorat qilish imkonini beradi”
1

–beshinchidan, 
“vakillik organi sifatida tuzilayotgan, hududiy 
subyektlar - mahalliy kengashlar deputatlari vakillarini teng miqdorda 
birlashtiruvchi yuqori palata - Senatning shakllantirilishi qonunchilikning 
eng yuqori organi bo’lmish Oliy Majlisga, ta’bir joiz bo’lsa, mamlakatning 
yurak urishini bilib turish, mintaqalar bilan bevosita aloqalarni amalga 
oshirish, ularning manfaatlarini aks ettirish va himoya qilish imkonini 
beradi”
2

–oltinchidan, 
Senat a’zolarining asosiy qismi, odatda, ijro etuvchi 
hokimiyat tarmog’ida doimiy faoliyat ko’rsatadilar. Shu sababdan 
Senat davlat hokimiyatining vakillik va ijroiya organlari faoliyatini 
tutashtirib turuvchi bo’g’in hisoblanadi. Quyi palata tomonidan qabul 
qilingan qonunlarni ma’qullash yoki rad etish orqali Senat ularning nafaqat 
hududlar manfaatlarini o’zida aks ettirganligiga, balki qay darajada amaliy 
ekanligiga ham baho beradi; 
–ettinchidan, 
ikki palatali parlamentga o’tilishi bilan “O’zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti vakolatlarining bir qismi, birinchi 
galda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar 
va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash 
masalalari yangi tashkil etiladigan yuqori palata - Senatga o’tkaziladi”
3

Bu esa, davlat hokimiyati organlari o’rtasida hokimiyat vakolatlarining 
yanada mutanosib taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur omillardan kelib chiqib, navbatdagi ustuvor vazifa sifatida 
ikki palatali parlamentga o’tishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish 
masalasi qo’yildi. 2001-yil 12-dekabrda O’zbekiston Respublikasining 
Oliy Majlisi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalaridan biri 
sifatida ikki palatali parlamentga o’tish yuzasidan O’zbekiston 
1
Азизхўжаев
А
.
А

Чин
ўзбек
иши

Тошкент
.: “
Академия
” 
нашриёти
, 2003. -77-
бет

2
Каримов
И
.
А

Биз
танлаган
йўл

демократик
тараққиёт
ва
маърифий
дунё

ҳамкорлик
йўли

Т
.11. – 
Тошкент
.: 
Ўзбекистон
, 2003. - 218-
бет
.
3
Каримов
И
.
А

Биз
танлаган
йўл

демократик
тараққиёт
ва
маърифий
дунё

ҳамкорлик
йўли

Т
.11. – 
Тошкент
.: 
Ўзбекистон
, 2003. – 
Б
. 220. 


445 
Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi
4

Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni o’tkazildi hamda referendumda 
ovoz beruvchilar ro’yxatiga kiritilgan 93,65 foizi ikki palatali 
parlamentni yoqlab ovoz berdi
1
.
Referendum natijalari mamlakatimizning demokratik yangilanish va 
erkin ijtimoiy tuzumga xos bo’lgan barcha asosiy qadriyatlarni 
o’zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidagi 
bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch 
to’xtata olmaydigan muqarrar, qonuniy jarayonga aylandi, deb 
hisoblashimiz uchun asos bo’ldi. 
Shu asosda 2002-yil 4-aprelda “Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi 
konstitutsiyaviy qonun
2
va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
“2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi 
referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik 
ishlarining asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Dastlabki bosqichda qonunchilik ishlari strategiyasining asosiy 
yo’nalishlari va ustuvorlikni belgilab olish zaruratidan kelib chiqib qabul 
qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil 
etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonun 
referendum yakunlarini qonunchilik tilida ifodalab - muhrlab berdi
hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartishlar 
kiritishga asos bo’ldi, kelgusida qabul qilinishi lozim bo’lgan, o’zgarishlar 
jarayonini o’zida mujassam etadigan yangi qonunlar oldiga prinsipial 
talablar qo’ydi.
Keyingi bosqichda yuqoridagi masalalarni huquqiy tartibga soluvchi 
qonun hujjatlarini qabul qilish boshlandi. Dastlab, O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida (2002-yil 12-dekabr) va 
O’zbekiston Respubli-kasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to’g’risidagi(2002-yil 12-dekabr)gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul 
qilindi. Ular asosida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida(2003-yil 24-aprel)gi 
qonun qabul qilindi. Mazkur qonun ikki palatali parlament va parlament 
palatalarining yuqorida tilga olingan konstitutsiyaviy qonunlar bilan 
4
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2001.- 

8 - 22-24 
1
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти

www.parliament.gov.uz. 
2
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 2002 -

4-5 - 60-
модда



446 
belgilangan huquqiy maqomini O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilishini ta’minladi.
Endilikda parlamentni shakllantirish jarayoni tubdan o’zgarganligi 
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to’g’risida (2003-yil 29-avgust) gi Qonunga o’zgartishlar va qo’shimchalar 
kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Xuddi shu kuni yangi 
shakllantirilayotgan Oliy Majlis palatalarining ish rejimini huquqiy 
tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining reglamenti to’g’risida(2003-yil 29-avgust), 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to’g’risida 
(2003-yil 29-avgust)gi qonunlar qabul qilindi. Eng so’nggi bosqichda, 
ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputatining va Senati a’zosining huquqlarini, majburiyatlarini hamda 
deputatlik, senatorlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilashga 
qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida (2004-yil
2-dekabrda)gi qonun va Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatini 
hamda Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida (2004-yil 2-dekabrda)gi 
qonun qabul qilindi.
O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarning ilk davrlaridayoq 
professional parlamentarizmga bosqichma-bosqich, siyosiy ziddiyatlar 
yoki qarama-qarshiliklardan holi ravishda, barqaror va izchil islohotlar 
yo’li bilan erishish maqsad qilib olingan edi. Ikki palatali parlamentga 
o’tish jarayonida ham mazkur prinsiplarga qat’iy amal qilindi.
Parlament islohotlari amalga oshirilgan ayrim mamlakatlarda dastlab 
mazkur islohot tashabbuskori (davlat yoki hukumat boshlig’i yoxud 
boshqa vakolatli organ) tomonidan yangi parlamentning muvaqqat nizomi 
yoki faoliyatining asosiy prinsiplari qabul qilinadi. Uning huquqiy 
maqomini belgilovchi hujjatlar esa, yangi parlament shakllantirilganidan 
so’ng shu parlamentning o’zi tomonidan qabul qilinadi. Ba’zan, faoliyat 
ko’rsatib turgan parlament tarqatib yuboriladi. O’zbekistonda esa, bu kabi 
salbiy holatlar umuman yuz bermadi.
Xuddi, Oliy Kengash tomonidan Oliy Majlis faoliyatining huquqiy 
asoslari ishlab chiqilganidek, ikkinchi chaqiriq O’zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga o’tish zaruratidan 
kelib chiqib, yangi parlamentga saylovlar o’tkazish tartibini, parlament, 
uning palatalari, parlament a’zolarining huquqiy maqomini, ularning 
faoliyat olib borish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarini ishlab chiqdi.


447 
Bu esa, ikki palatali parlamentga o’tish o’sha paytga kelib hayotiy 
zaruratga aylanib ulgurgani, ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi o’zining besh yillik faoliyati davomida, rivojlangan 
davlatlarda va o’zimizda to’plangan boy tajribalarga asoslangan holda, 
zarur huquqiy hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lganligi, 
parlament deputatlarida hali shakllantirilmagan ikki palatali Oliy 
Majlisning qanday faoliyat olib borishi lozimligi to’g’risida aniq 
tasavvurning mavjudligi bilan izohlanadi.
Nihoyat, 2004-yil 26-dekabrdagisaylov natijalariga ko’ra, 
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlarning 34,3 foizi, 
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 23,3 foizi, Fidokorlar milliy-
demokratik partiyasidan 18 nafar, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 
11 nafar, Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 10 nafar, tashabbuskor 
guruhlardan 14 nafar deputat saylandi. Saylangan deputatlar orasida 
quyidagi mutaxassislar vakillarini ko’rishimiz mumkin
1
. Bularga: 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish