Suitsidni amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi omillar quyidagilar: - atrofdagilarga emostional bog’liqlik;
- ota-onalik yoki farzandlik majburiyatlari;
- burch va majburiyatlarni yuksak darajada his qilish;
- o’z salomatligi haqida doimiy g’amxo’rlik;
- jamoatchilik fikri bilan hisoblashish;
- uyat hissining kuchli bo’lishi;
- o’z-o’ziga suiqasd qilishni og’ir gunoh deb bilish;
- hayotda ijodiy rejalarning mavjudligi;
- o’zida hali ishga solinmagan imkoniyatlarning mavjudligiga ishonish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kunda shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar o’rtasida suitsid holatlari ko’p uchramoqda. Harbiy xizmatchilar tomonidan suitsid xodisalarining amalga oshirishda alkogol ichimliklarning ta’sirida bo’lishi suitsidni amalga oshirish ehtimolini keskin oshirmoqda.
Inson spirtli ichimliklar iste’mol qilganda o’zini o’ldirish haqidagi fikrlarning kelishi osonlashib, ularni amalga oshirishda qo’rquv hissiyoti kamayadi, nima qilayotganligini to’liq anglab etmaydi.
Jami suitsid xodisalarining asosiy qismi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarning etarli darajada olib borilmasligi va komandirlar tomonidan nazoratning sustligi oqibatida yuz bermoqda. Suitsidga qo’l urmoqchi bo’lgan insonni tashqi yurishidan aniqlab bo’lmaydi va uni hulqiga qarab aniqlashni iloji yo’q deb bilish ham anglashilmovchilikdir. Murakkab bo’lsada, tashqi belgilar mavjud. Ular quyidagilar;
Suitsid qilish ehtimoli bor harbiy xizmatchidagi tashqi belgilar:
harbiy xizmatchi uchun odatiy bo’lgan hulq atvoridagi keskin o’zgarishlar; doim faol, xushchaqchaq va chaqqon insonni yakkalanishi, xech kimga qo’shilmasdan o’zi bilan o’zi bo’lishligi yoki uning teskarisi;
hissiyotga o’ta beriluvchanlik;
o’lim haqidagi fikrlarni bildirish, narigi dunyodagi hayot haqida qiziqish;
harbiy xizmatchini atrofidagilarga ochiqchasi o’z joniga qasd qilish to’g’risida fikrlarni bildirishi;
boshqa harbiy qism yoki bo’linmaga o’tkazishni qat’iy iltimos qilish, sog’ligiga asossiz shikoyat qilish, keskin ravishda davolash muassasasiga yoki ta’tilga chiqishga intilish;
mashg’ulotlar vaqtida daftariga ma’nosiz rasmlarni va belgilarni yoki o’lim bilan bog’liq bo’lgan sur’atlarni chizish (masalan nayza bilan yaralangan yurak);
o’z o’zidan uning uchun qadrli bo’lgan buyumlarni xizmatdoshlariga tarqatish va xadya qilish (soat, telefon, fotoalbom va boshqalar, hattoki pullarini);
xazil sifatida qurolni o’ziga otgandek yo’naltirish, arqon yoki telefon simini bo’yniga sirtmoq sifatida tashlab xazillashish;
faol ravishda o’zini o’zi o’ldirish usullarini izlash va unga tayyorgarlik ko’rish (dori to’plash, otish mashg’ulotlaridan o’q dorini yashirib qo’yish) va hokazo.
Yuqorida qayd etilgan tashqi belgilarning bir nechtasi bir vaqtning o’zida bitta harbiy xizmatchida kompleks tarzda namoyon bo’lishi mumkin. Bu alomatlar bilan aniqlangan harbiy xizmatchi zudlik bilan nazorat ostiga olinib tibbiy ko’rikga yuborilishi lozim.