AUTOAGRESSIV XULQ-ATVOR ShAKLLARI
O’ziga-o’zi ziyon yoki zarar etkazishga qaratilgan harakat.
Parasuitsidal xulq-atvor (o’ziga-o’zi jaroxat yoki shikast etkazish)
Autoagressiyaning ushbu shakllari harbiy xizmatchini o’zini o’ldirishga emas balki, o’z tanasining ma’lum bir qismiga zarar yoki shikast etkazishga yo’naltirilgan.
Psixolog mutaxassislar suitsidal AUTOAGRESSIYANING INFANTIL SHAKLIga suitsidentning o’ziga-o’zi ziyon etkazish bilan o’z yaqinlarini go’yoki “jazolash” istagi mavjud deb baxo beradilar, chunki harbiy xizmatchi ushbu harakatlari orqali o’z yaqinlarida (raxbariyatda) o’ziga nisbatan raxmdillik, e’tiborni qozonmoqchi bo’ladi.
Ularning ba’zida masalan; “Mening o’limimdan keyin hamma meni qanchalik kerakli ekanligimni anglab etishadi va menga nisbatan yomon munosabatda bo’lganliklari uchun afsus qilishadi”degan fikr bo’ladi. Autoagressiyaning ushbu shaklining infantil deb nomlanish sababi, bunday fikrlar ko’proq bolalar va o’smirlarga xos bo’lganligidadir.
Agressiyaga moyillik bo’lmagan shaxslarda GETEROAGRESSIV XULQ-ATVOR ya’ni, o’zining e’tirozini, o’ch olish orqali namoish etishi holatlari uchraydi.
Masalan: “Meni o’z jonimga qasd qilishdan maqsadim, meni va boshqalarni qiynayotgan bo’linma komandirimizni javobgarlikga tortish va jazolashdir”.
Yuqorida ta’kidlaganidek, suitsid holati ham sog’lom , ham ruhiy bemor kishilarda ham uchraydi. Ruhiy bemor kishilarda suitsid xulq-atvorning paydo bo’lish sabablariga asosan depressiya holati vaqtida amalga oshirilishi ta’kidlandi, bugungi kunda bunday shaxslarning esa armiya saflariga chaqirilishiga keskin barxam berilgan.
Sog’lom kishilar o’rtasida emostional zo’riqishga uchragan shaxslar ko’proq suitsidga moil bo’ladilar. Bunda asosan muammoli vaziyatlar katta rol o’ynaydi. Harbiy xizmatchi ushbu vaziyatni o’z hayotida muxim axamiyat kasb etadigan juda murakkab vaziyat sifatida qabul qilib, o’z imkoniyatlarini mojaroli vaziyatdan chiqib ketish uchun etarli emas deb biladi. Ayni paytda chorasizlikni boshdan kechirib, o’zini o’zi o’ldirish harakatlarini yagona to’g’ri yo’l deb biladi.
O’z joniga qasd qilish harakatlari ruhiy jihatdan turli toifadagi odamlar tomonidan turli sabablar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, muddatli harbiy xizmatchi yoki shartnoma bo’yicha harbiy xizmatga endi chaqirilgan harbiy xizmatchida harbiy xizmat shart-sharoitlariga ko’nikishda qiyinchiliklar sezish, muntazam taxqirlanish, xizmatdoshlari tomonidan uning shaxsiyati daxl qilinishi, nizomga zid munosabatlarning mavjudligi, komandirlarning bo’ysunuvchilariga nisbatan g’amxo’rlikning yo’qligi yosh askarni suitsidga etaklashi mumkin.
“O’zini o’zi o’ldirishga moyil” deb ataladigan harbiy xizmatchilar toifasi bo’lmaydi. Hamma narsa kishi ruhiyatiga jarohat etkazadigan vaziyatga bog’liq.
Lekin, amaliy tajriba shuni ko’rsatadiki, ba’zi raxbariy hujjatlar va o’zimiz mansabdor shaxs sifatida norasmiy “Xafli guruh” tarkibini, ya’ni tartibbuzarlik va jinoyatga yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan harbiy xizmatchilarning ro’yxatini yuritib borishni talab etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |