Bosh kiyimni yechish yoki kiyish uchun — «Bosh kiyimlar yechilsin» buyrug’idan so’ng chap qo’l bilan bosh kiyim yechiladi, kiyish uchun esa «Bosh kiyimlar kiyilsin» komandasi beriladi. Zarur hollarda bir o'zi bo'lgan harbiy xizmatchi bosh kiyimini komandasiz yechib kiyadi.
Harbiycha salomlashish harbiy xizmatchilar birodarlarcha jipsligining ifodasi, o'zaro hurmat va mushtarak madaniyati namoyon bo'lishi sanaladi. Barcha harbiy xizmatchilar bir-biriga duch kelganda (yetib, o'tib ketganda) O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Saf Nizomi” bilan belgilangan qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda bir-biriga salom berishga majburdir. Harbiy unvoniga ko'ra bo'ysunuvchilar va kichiklar birinchi bo'lib salom beradi. Maqomlar teng bo'lgan paytida esa, birinchi bo'lib salom berish xushmuomalalik, adablilik belgisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |