Axloqshunoslik va siyosatshunoslik.
Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o’ziga hos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. Shahsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o’rtaga chiqadi. Lekin aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi mahsus sohalari ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog’liq.
Axloqshunoslik va ekologiya.
Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi, o’zgalar va jamiyat oldiga majburiyatlarini tahlil etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo’lgan ekologik bo’hron manzarani o’zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy no’ktai nazarlariga bog’liq ekani ma’lum bo’lib qoldi. Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko’p jihatlari axloqshunoslik ko’magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan mahsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu – axloqshunoslik ekologiyani to’liq o’z ichiga oladi, degan so’z emas. Chunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o’zi emas, balki odamning tabiatga bo’lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy istiqlol g’oyasi.
Garchand fan sifatida milliy istiqlol g’oyasi oliy va o’rta mahsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo’lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat tariximizga borib taqaladi. Zero, milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, ko’pgina axloqiy g’oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. Shu sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g’oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning axloqiy-falsfiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqoroga milliy istiqlol g’oyasini singdirish vositasi sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy istiqlol g’oyasi ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoiylik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy ong ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy anglash vositasida ro’yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi.Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida etikaning o’z o’rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo’lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo’ladi. Yangicha yondashuvlardan biri – Etikada milliy g’oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog’liq. Chunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo’g’rilgan yangicha mafkuramizni o’zida mujassam etgan, milliy g’oyani o’z ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo’lmog’i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni uyg’unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog’i kerak. Chunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o’ta siyosiylashtirilgan g’oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir.Milliy mustaqillikni mustaxkamlash jarayonida Etikaning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi o’rni. Vatanparvar, millatparvar, halol shaxsni – zamonaviy barkamol insonni voyaga etkazish va XXI asrda umumjahoniy miqyosda axloqiy muhitni yaratishga hizmat qilish Etika fanining eng dolzarb vazifalaridan ekanligi haqida ma’lumot berish.Etika oldida qator global muammolarni ham qilishidek o’ta muhim vazifalar ham bor. Ulardan biri va birinchisi ilm-fan taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan texnikaviy bosini bartaraf etish. XX va XXI asrda erishilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy ko’rsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni yo’q qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yo’l Bilan – biz yashayotgan texnikaviy muhitda(noosferada) axloqiy muhitni(etosferani) barqaror etish orqali hil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |