Harbiy etikani boshqa sohalar etikasidan farqi va uning o'ziga hos hususiyatlari Reja



Download 36,03 Kb.
bet3/5
Sana10.07.2022
Hajmi36,03 Kb.
#771518
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Harbiy etikani boshqa sohalar etikasidan farqi va o\'ziga hos hususiyatlari

Axloqshunoslik va estetika.
Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan aloqasi qadimiy va o’ziga hos.
Avvalo, insonning har bir hatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go’zallik) hususiyatlarini mujassam qiladi.
Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko’p hollarda axloqiylikni ichki go’zallik, nafosatni tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar.
Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi hamda san’atkor doimo o’zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy daraja va unga munosabatni badiiy qiyofalar orqali bevosita yohud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika o’rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo’ladi.


Axloqshunoslik va dinshunoslik.
Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir hil muammo – axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo’lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko’rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o’tkazganlar. Chunonchi, islom dinini oladigan bo’lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan.
So’fiylik ham sharq halqlarining ma’naviy dunyosini, axloqiy qarashlarining shakllanishida o’ziga hos rol o’ynaydi. So’fizmning, masalan, naqshbandiylik oqimi har bir kishining o’z mehnati bilan tirikchilik o’tkazishini halol yashashini targ’ib qilgan. So’fizm axloq normalarini targ’ib qilish bilan birga, hurfikrlikning rivojlanishida ham ma’lum rol o’ynagan. Masalan, naqshbandiya(asoschisi Bahovuddin Naqshband) oqimi tarki dunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqadi, real hayot noz-ne’matlaridan foydalanish to’g’risida maslahatlar beradi, mehnat qilishga, bilim olishga chaqiradi. O’z mehnati bilan topilgan ne’matlarni halol deyish, borini baholi qudrat barcha bilan baham ko’rish, faqirona umr kechirish, hammaga yahshilikni ravo ko’rish bu oqimning asosiy g’oyalaridir. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning falsafiy-axloqiy qarashlarida bu oqimning sezilarli ta’siri bor. Albatta, so’fizmning barcha oqimlari axloqni ilohiylashtiradi, diniy ruh beradi.
“Islom dini, - deydi Prezidentimiz I.Karimov, - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig’indisi emas. Ana shuni ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Shu bilan din ham, axloq ham umuminsoniy qadriyatlarni, ma’naviyatimizni, madaniyatimizni rivojiga hissa qo’shadi. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondoshadi.

Download 36,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish