Davlat xavfsizlik xizmati:
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi.
(“Davlat xavfsizlik xizmati” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son)
Davlat bojxona qo‘mitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
(1-ilovaning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/365/3036-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/365/3036-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon o‘tkazish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihonlar 30-iyun kuniga qadar o‘tkaziladi va natijalar 1-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)
2. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida imtihonlarni qabul qilish uchun fanlar bo‘yicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalari boshliqlarining buyruqlari bilan imtihon boshlanishidan bir oy oldin tajribali va malakali o‘qituvchilardan fanlar bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi va komissiya raisi tasdiqlanadi;
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
3. Imtihon test sinovlari majmuasi fanning egallagan o‘rnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oralig‘ida yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin nomzodlar e’tiboriga imtihon olinadigan fan dasturini, baholash mezonlarini, maslahatlar berish va imtihon jadvalini ma’lum qiladi.
4. Chet tilidan o‘tkaziladigan imtihonga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
5. Qabul qilingan imtihon bo‘yicha e’tirozlar shu kunning o‘zida tegishli oliy harbiy ta’lim muassasasi buyrug‘i asosida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 271-modda; 2016-y., 25-son, 306-modda; 2017-y., 14-son, 229-modda, 22-son, 427-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/958/0353-son, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son, 30.04.2019-y., 09/19/365/3036-son, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son)
Oliy harbiy ta'lim muassasalari
2017-01-10 10:17:09
Oliy harbiy ta'lim muassasalari
Do'stlaringiz bilan baham: |