Oldingi tahrirga qarang. 51. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari dastlabki va harbiy-professional tanlash natijalari hamda vazirliklar va idoralarning rahbarlari taqdimnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilinadilar.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son) Oldingi tahrirga qarang. Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya olim ta’lim muassasalariga dastlabki va harbiy-prfessional tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda o‘rinlar harbiy-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar harbiy-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son) Oldingi tahrirga qarang. 52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan dastlabki va harbiy-professional tanlash talablariga muvofiq bo‘lganlari taqdirda oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadilar. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilishga tavsiya etilgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining g‘oliblari hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son) Oldingi tahrirga qarang. 53. Oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda xalqaro va respublika olimpiadalari, “Ilg‘or serjant” nominatsiyasida Respublika turi g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlarining bolalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘qish yo‘nalishi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan harbiy xizmatchilar farzandlari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga har yili 1-maygacha yuboradi;
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi vazirliklar va idoralarning taqdimnomalari asosida 4-iyulgacha ular bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi.
(53-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 306-modda)