Harbit talim muassasalari haqida umumiy hamma malumot



Download 1,24 Mb.
bet5/17
Sana06.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#749936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
OHTM-HAMMA MALUMOTLAR

III. Dastlabki tanlash
23. Sog‘lig‘iga, individual-psixologik xususiyatlari va umumjismoniy tayyorgarligiga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ichki tuyg‘u, g‘oyaviy-ma’naviy barqarorlikka, mustahkam intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash dastlabki tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
24. Quyidagilar dastlabki tanlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), zobit kasbini tanlashning sabablarini, asoslarini aniqlash;
umumta’lim darajasini, sog‘lig‘ini va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini har tomonlama va xolisona baholash;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
25. Dastlabki tanlash:
fuqaro yoshlar uchun — yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarda;
harbiy xizmatchilar uchun — xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda) o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
26. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
27. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarni tahlil qilish, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:
nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;
burchni his etish, qat’iyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va to‘g‘rilik;
jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashish;
nomzod tomonidan xizmat (mehnat) faoliyatida, o‘qishda va yoshlarni chaqiriqgacha tayyorlashda erishilgan natijalar hisobga olinadi.
Bundan tashqari, zobit bo‘lishni xohlashning asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy e’tibor beriladi.
28. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), zobit kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish darajasini va xorijiy tilni egallaganlik darajasini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbat davomida oliy harbiy ta’lim muassasasiga kiruvchilarga qo‘yiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodning e’tiboriga yetkaziladi.
Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Yakka tartibdagi suhbat:
fuqaro yoshlar bilan — mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar, boshqarmalar boshliqlari;
harbiy xizmatchilar bilan — harbiy qismlar (muassasalar) va bo‘linmalarning komandirlari tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Mazkur bandning beshinchi va oltinchi xatboshilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
29. Individual-psixologik o‘rganish, oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning mutaxassislari — psixologlari jalb etilgan holda nomzodlarni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Psixologik test sinovidan o‘tkazish metodikasi, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda, vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;
oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Test sinovi natijalari bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
30. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi vazirliklar va idoralarning belgilangan talablariga muvofiq baholanadi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom deb ataladi) muvofiq vazirliklar va idoralarning maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
LexUZ sharhi
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Mazkur bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish