37. «Kanvertni top» o‘yini
Mashg‘ulot boshlanishdan oldin o‘qituvchi maydoning (zalning) ma’lum eriga (masalan, gimnastik narvoncha, xodacha vash u kabilar balandroqlarga) konvert qo‘yib qo‘yadi. Konfert ichida, shu konvertni topgan kishiga qarata quyidagi so‘zlar yozilgan bo‘ladi: «Diqqat! Bittadan bo‘lib kolonnaga saflaning!» degan komandani Ber, so‘ng o‘zing o‘qituvchining orqasiga borib tur.
O‘qituvchi maydonchaga chiqqan o‘quvchilarga maydonchaning bir chekkasida ular uchun konvert qo‘yilganini, uni topish kerakligini aytadi. Konvertni topgan o‘quvchi «Konvert topildi!» deb ma’lum qilishi va uni ochib, ichida yozilgan buyruqni bajarishi kerak. Qolgan o‘yinchilar ham konvertning topilganini eshitgach, qimirlamasdan (xuddi «zamri» komandasi berilgandek) komandani kutib turishlari kerak.
So‘ng hammalari komandani tovush chiqarmay, tez va aniq bajaradilar.
O‘yinni takrorlash, kolonna, doira hosil qilishni o‘rgatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |