33. «Xurmacha bog‘i» o‘yini
O‘yin maydoncha yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar qo‘l ushlashib, bir-birlariga qarab ikki doiraga bo‘linib ikki qator bo‘lib turadilar. Har bir doirada 12-13 o‘quvchi bo‘ladi.
Bolalar doira bo‘lib, qarama-qarshi tomonga qarab aylanib turadilar va quyidagi so‘zlarni qo‘shiq qilib aytadilar.
Xurmacha bog‘i,
To‘kilsa yog‘i.
To‘kilsa mayli
Xolamning iti bor,
Qulog‘ida xoli bor,
Xoli, xoli, xash-tu-tu.
O‘yinchilar oxirgi so‘zni aytib bo‘lishlari bilan o‘tirib olishlari kerak. Kim keyin qolsa (keyin o‘tirsa), ichkaridagi doira o‘rtasiga tushib, birorta topshiriqni bajaradi: ashula aytadi, o‘ynab beradi yoki Biron-bir she’r aytib beradi. YUtqazgan bola topshiriqni bajarib bo‘lanidan keyingina o‘yin davom ettiriladi.
Agar o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa, bir necha doira xosil qilib o‘ynash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |