32. «Ko‘zboylog‘ich» o‘yini
O‘yinchilar doira qurib o‘tiradilar. Ulardan biri onaboshi qilib tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi.
Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar, onaboshi esa doira atrofida aylanib yurib, sekingina bir bolalarning orqasida to‘xtaydi. Onaboshining yurishiga bolalar quloq solib o‘tiradilar. Orqasiga onaboshi kelib to‘xtaganini payqagan o‘quvchi qo‘lini ko‘tarishi va buni o‘qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to‘g‘ri topsa onaboshi o‘rin almashadi. Agar topolmasa o‘yin davom etiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |