"Harakatlar ststrategiyasi" ning mazmun-mohiyati Reja: O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha



Download 0,91 Mb.
Sana29.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#516929
Bog'liq
Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati

"Harakatlar ststrategiyasi" ning mazmun-mohiyati

Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

“Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.

2. Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligi.

3. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati

Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Har bir zamonning o‘z zayli, qarashlari, munosabatlari, tafakkur tarzi bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 2017 yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot va rivojlanishida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi.

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligi

Mustaqillik yillarida Konstitutsiya va qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari, Senatning va Qonunchilik palatasining alohida vakolatlari qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish. Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlanadi. Bundan ming yil muqaddam ulug‘ bobomiz Abu Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo‘ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi.

Haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Har qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qat’iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo‘riladi. Ayni qonun doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi ma’naviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.

Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish

Ijtimoiy sohani rivojlantirish jamiyat barqarorligi va davlat qudratini belgilaydigan muhim ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, aholi bandligi qandaydir ish yoki hunar bilan shug‘ullanish darajasi konkret fuqaroning kundalik real daromadlari bilan uyg‘unlashib ketgan ijtimoiy muammodir. Bu Harakatlar strategiyasida asosiy masala sifatida to’rtinchi ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligani oshirish jamiyat taraqqiyotida alohida mavqe kasb etadi. Ushbu masalaning naqadar dolzarbligi va real hayotiy haqiqatga asoslanganligani nazarda tutib, Prezident Sh.Mirziyoyev arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish g‘oyasini ilgari surmoqda.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish