МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
48
Tayanch so’zlar.
PISA xalqaro baholash dasturi, Learning in the Digital World (Raqamli dunyoda
o’rganish), kundalik.com, domen baholashlari, elektron darslik, 3D-animatsiya,
kompetensiya,
metakognitiv.
Ключевые слова:
международная программа оценивания PISA, обучение в цифровом
мире, daily.com, предметные оценки,
электронный учебник, 3D-анимация, компетентность,
метапознание.
Key words:
international assessment program PISA, learning in the digital world, daily.com,
subject
assessments, electronic textbook, 3D animation, competence, metacognition.
KIRISH. PISA (Program for International Student Assessment) turli davlatlarda 15
yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish,
matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini
amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba
o‘tkaziladi. Dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini baholash
emas,balki olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotda qo’llashni
bilish va natijani
o’zining nuqtai-nazari ila tahlil qila olish, berilgan muammoli vaziyatdan chiqa olish, turli
vaziyatlarni baholashni bilishni tekshirish. PISA xalqaro baholash dasturi dastlab 1997-
yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA xalqaro baholash
dasturida ishtirok etayotgan davlatlar 2000 yilda 32 ta, 2002 yilda 43 ta, 2006 yilda 57
ta, 2009 yilda 74 ta, 2012 yilda 65 ta, 2015 yilda 72 ta, 2018 yilda 78 ta va 2022 yilda 87
ta bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ham 2022 yilda shu davlatlar
qatorida qatnashuvchi
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-sonli
“Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni tasdiqlangan bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga
kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or
mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan. [1] PISA (Program
for International Student Assessment) xalqaro baxolash dasturining kelajakdagi loyihasi
PISA 2025 Learning in the Digital World (PISA 2025 Raqamli dunyoda o’rganish) bo’lib,
PISA 2025 “Raqamli dunyoda o’rganish” baholashi talabalarning hisoblash vositalaridan
foydalangan holda bilimlarni shakllantirish va muammolarni hal qilishning iterativ
jarayonida ishtirok etish qobiliyatini o’lchaydi. Bu qobiliyat hisoblashda va ilmiy tadqiqot
amaliyotlarini qo’llashda o’zing bilimlarini samarali qo’lay olish orqali namoyon bo’ladi.
Shunga asoslanib hozirgi kunda maqolaning ahamiyati va dolzarbligi muhim hisoblanadi.
ASOSIY QISM.2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida
(Program for International
Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni
ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni
rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.
Bunday xalqaro o’quvchilarni baholsh dasturida ishtirok etish O’zbekiston
Respublikasiga nimani bera oladi va bizning ta’lim tizimimiz o’zgaradimi kabi savollar
tug’uladi. Bunga javoban PISA baholash tadqiqoti matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlari
bo‘yicha savodxonligini baholaydi va bizning o’qituvchilarning salohiyati, o’qitish
metodikalari va o’quvchilarimizning bilim saviyasi, raqamli dunyoda o’rgatish, o’qish
qay darajada va ta’lim tizimimiz dunyo standartlariga mos holatdaligini aniqlab olamiz.
Zamonaviy texnika va texnologiya shiddat bilan rivojlanib borayotgan
davrga mos holatda
kelajak avlodga ta’lim-tarbiya bera olamizmi? Shu kabi muhim masalalarga oydinlik kiritib
beradi.
Endi ta’lim tizimimizni PISA tadqiqotlari o’zgartiradimi degan savolga javoban misol
qilib, ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina
(ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o‘rtacha