Harakatlar strategiyasi 2017–2021 Inson manfaatlarini ta’minlash va mahalla taraqqiyoti yili



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana22.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#837272
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
Muallim ham uzluksiz bilim

Adabiyotlar tahlili va metodlar.
Muayyan ranglar sxemasi inson ruhiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi, masalan, binafsha rangning ko‘pligi yoqimsiz his-tuyg‘ularga olib keladi. Agar 
bir vaqtning o‘zida ranglar nomutanosibligi namoyon bo‘lsa, inson o‘zini noqulay his eta 
boshlaydi, iloji boricha tezroq mana shu kiyimni yoki xonani tark etishni istaydi. Libos 
yaratishda ranglar va shakllarning o‘smir organizmiga ta’sirini mashhur rus fiziologi prof. 
S.V. Kravkov ko‘plab tajribalarining asosiy natijasi sifatida sezgi organlariga hamda MNS 
ga ta’sir etishini o‘rgandi. Uzoq vaqt olib borilgan tajribalar natijasida, ranglarning inson 
psixofizikasiga sezilarli ta’sirini aniq o‘rganildi. Shunga asoslanib, bir qator “ijobiy” va 
ranglarning “salbiy qiymatlari” haqida psixofiziologik qarashlar tushunarli bo‘ldi.
Insonning rangga munosabati dunyoni bilish jarayonidan boshlangan bo‘lib, madaniyat 
tarixidan ajralmasdir. Kostyum shakllarida rang fenomenini o‘rganishning madaniy va 
sotsiologik usullari yordamida kostyumning rang shakllarini idrok etishning umumiy tarixiy 
va madaniy asoslarini hisobga olgan holda, kiyim rangining sub’yektiv in’ikosini birlashtirish 
muhimdir. Bundan tashqari, asossiz, hech bir chorasiz, rangin tilning umuminsoniylikka 
intilishi milliy xususiyat va yutuqlarni e’tibordan soqit qilish bilan bog‘liq. 
Turli mamlakatlar, mintaqalar va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar ranglar gammasidan unumli 
va samarali foydalanish uchun - uning ijtimoiy-madaniy asoslari kontekstida bir umumiy 


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
44
qarashlarni birlashtirish uchun ranglar qorishmasidan foydalanadi. Rangning o‘smir 
organizmiga psixofiziologik ta’siri bir necha vazifalarni ko‘rinishida berilgan bo‘lib, ular 
quyidagilarda aks etadi:

birinchidan, kostyumning rang in’ikosining turli jihatlarini madaniy tahlil qilish 
kerak, bu jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslari bilan bog‘liq holda, kostyumda 
rang idrok sub’yektlarining ijtimoiy yo‘nalishini aniqlaydi va aks ettiradi. 
Kostyumning rang in’ikosi orqali madaniyatlarning milliy o‘ziga xosligi aniqlanadi. 
Bunday madaniy tadqiqotlar kostyumning rangli dizaynini intuitiv emas, balki ilmiy 
jihatdan turli davrlar, mamlakatlar va xalqlarning rang madaniyati yutuqlarining 
butun yig‘indisidan kelib chiqqan holda harakat qilish imkonini beradi;

ikkinchidan, kiyimni ommaviy ishlab chiqarish sharoitida bitta mahsulot noyob 
namuna bo‘lib qoladi va hammabop kompleksning elementiga aylanadi; shuning 
uchun kostyumning rang idrokining psixofiziologik asoslarini o‘rganib, uning 
milliy madaniyatlarning tarixiy rivojlanishi davomida o‘zgarishi, globallashuv 
va jamiyatning integratsiyalashuvining hozirgi bosqichida liboslar rangini idrok 
etishning eng tipik xususiyatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu, bir 
tomondan, maqbul kiyim rangi bilan bog‘liq jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini 
qondirish imkonini beradi va boshqa tomondan murakkab muhitga kiyim rangini 
“moslash” adaptatsiya jarayonida faoliyat ko‘rsatishda imkon yaratadi;
► uchinchidan, kostyum shakllari va rangining o‘smir psixofiziologiyasi va idrokiga 
ijtimoiy-madaniy asoslarini ilmiy bilmasdan jamiyatning turli guruhlarining rang-
barangligini, shuningdek jamiyatning ijtimoiy tartibini va muayyan hududlar va 
mamlakatlarda moda kiyimlarini iste’mol qilish istiqbollarini to‘g‘ri aniqlash 
mumkin emas. Kiyim moda sanoatida iste’mol bozorining mintaqaviy xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ob’yektiv, ilmiy asoslangan koloristik prognozga muhtoj.
Shunday qilib, ko‘k va ma’lum darajada yashil rang tinchlantiruvchi, tasalli beruvchi 
rang sifatida qabul qilingan, hamda insonlar tomonidan ma’qul ko‘riladi. Ammo ko‘p vaqt 
mana shu ranglar gammasidan foydalanish o‘smir organizmini sokinlikka va hatto ruhiy 
tushkunlik olib keladi, qayg‘uli taassurotlarga sabab bo‘ladi. 
Qizil va sariq ranglari “faol ranglar” sirasiga kiradi. Bu ranglarning xususiyatlari 
rag‘batlantirish sanalib, insonlarning yaxshi dam olishiga ta’sir ko‘rsatadi, kuchga qaytaradi 
va o‘z energiyasining namoyon bo‘lishiga intensiv ehtiyojni his qiladi.
MNS faoliyati oq va qora ranglar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati o‘xshash: oq tananing 
ergotropik tizimini va qora trofotropni rag‘batlantiradi. Rang ta’sirida vegetativ stressning 
namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, jigarrang, to‘q sariq va ayniqsa sariq rang kinetoz 
ko‘ngil aynishini rivojlantiradi.
Odamlarga rang ta’sirining klinik kuzatuvlari natijalaridagi ma’lumotlar rang 
psixologiyasida quyidagi psixofizik va psixofiziologik ranglarni aniqlash imkonini beradi:

qizil rang - ogohlantiruvchi, isituvchi, faollik beruvchi, insonni baquvvat qilishiga 
sabab bo‘ladi;

sariq rang - tonik, tetiklantiruvchi, isitish, mushaklar faoliyatini oshirishga sabab 
bo‘ladigan rang bo‘lib, markaziy asab tizimining faoliyatini rag‘batlantiruvchi, 
terapevtik ta’sirga ega. Ovqat hazm qilish trakti, jigar, buyrak, revmatizm va 
boshqalar kasalliklarida davolovchi ta’sirga ega sanaladi;

yashil rang - qon bosimini pasaytiradi va kapillyarlarni kengaytiradi, tinchlantiradi, 
nevralgiya va astma kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi, laringitni yo‘qotadi;

ko‘k rang - yurak faoliyatini susaytiradi, sedativ ta’sir ko‘rstadi, tinchlantiruvchi 
ta’sirga ega.



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish