Adabiyotlar tahlili.
Huquqiy madaniyatga xos bo‘lgan tarbiya tushunchasi tarbiya va
madaniyat tushunchalari bilan uzviy bo‘lib, tarbiya Vatanga sodiq bo‘lish, xizmat qilish,
insonning shaxsiy erkinligi va g‘oyalari bilan bog‘liq. Madaniyat esa, tarixiy jihatdan
aniqlangan rivojlanishi darajasini nazarda tutadi va faoliyatni tashkil etish turlari va
shakllarida namoyon bo‘ladi. Bu tushunchalarning tarixiy tadrijiy rivojlanishiga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, qadimgi davrga madaniyat tushunchasi I.Nidermanning ta’kidlashicha,
Rim notig‘i va faylasufi Mark ijodida ko‘zga tashlanadi. O‘z mazmuniga ega mustaqil
tushuncha sifatida ilk bor XVII asrda S.Pufendorf asarlarida keltirilgan. Huquqiy madaniyat
insonning ichki va tashqi dunyosini shakllantiradi va shaxs sifatida uni namoyon qilishga
yordam beradi.
V.V Golovchenkoning izlanishlari ortidagi fikricha umuminsoniy qadriyatlar huquqiy
amaliyot asosida qurilish kerak, deb hisoblaydi va shunday tasniflaydi: Huquqiy bilimlar
tizimini, ishonchini, qonuniy xulq- atvorini motivatsiyaga bo`lgan ehtiyojini oshirib borishga
undash lozim. Ularni kelajakdagi jismoniy axloqiy rivojlanishi shart sharoitlarni innovatsion
g`oyalar tinchlik va shaxsiy g’oyalarini strategiyasini olg`a surish ruhida tarbiyalash, kerak
bo’lsa har bir bolada o’zi va do’stlari, oilasi o`tmishi va kelajagini mas’uliyat tuyg`usini
rivojlantirib borish ularni ta’lim orqali tarbiyalash uchun zamonaviy strategiyalar haqida
boshlang`ich sinf o’quvchilarda tushunchalar yo’qligi, ularning parishon hotirligi va o`yin
qaroligi sababli huquqiy munosabatlarni bilmasliklarini oldini olish muhim masala ekanligi
ta`kidlab o`tiladi.
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
30
A. V. Agranovskaya ta’limda ko`proq huquqiy bilim olish uchun katta imkoniyatlar
berilishini ta’kidlagan holda, huquqiy qonunlar ularga beriladigan normalar majburiyatlarni
idrok etish me’yoriy xulq–atvorning modelidir, deya tavsiflaydi. V.Momov esa, shaxs
tarbiyaning ob’yekti va subyekti sifatida xulq-atvor negiziga eng asosiy murakkab
jarayonlarini amalga oshiradi. Shuni ham hisobga olish kerakki, shaxsning faolligi va
muhitning tizimliligi ko`plab hulq-atvot strategiyalarini amaliyotda qo`llash imkonini beradi.
Huquqiy ta`lim turli jihatlarini o`rgangan olimlar, jumladan, M.M.Galimov, O.F.Muramets
kabilarning taklifiga ko`ra, huquqiy ta’lim imkoniyatlarini tarkibiy qismlariga e`tibor berish
lozim.
O.N.Apanasenko, E.Gelman, V.V.Golovchenko, T.V.Esikova, S.I.Karpushkin,
N.Y.Maydankinalarning ilmiy asarlarini tahlil qilish asnosida kichik yoshdagi o’quvchining
huquqiy madaniyati ifodalovchi quyidagi tarkibiy qismlarga ajratilganligi tahlil qilindi.
G.A. Frolov, N.A. Eliasberg fikriga ko`ra, huquqiy bilimga munosabat qonun va tartibni
buzushni rad etish, fuqarolarni qonunga bo`ysunuvchi xulq-atvorga o`rnatish kabi ijtimoiy
qadriyatlarni shakllantiradi. Qonunning adolatliligiga e’tiqod qilish qonuniy talablariga
rioya qilmaslikka murosasizlik muhiti huquqiy etiqodlar tizimi dunyo qarash darjasini
aks ettiradigan huquqiy madaniyatdir, ularning xatti- harakatlarni boshqa odamlarning
harakatlarini baholash deb ta`kidlaydi[5].
Natija va muhokama. “Huquqiy ta’lim” atamasi XX asrda paydo bo‘lgan, ammo huquq
doim ta’limning tarkibiy muhim qismlaridan biri bo‘lib kelgan. Insonni shaxs sifatida
tarbiyalash, unda ijtimoiy madaniyatni qayta ishlab chiqish uni tarbiyalashdan boshlanadi.
Inson tug‘ulganidan boshlab madaniy va ijtimoiy qadriyatlar asosida jamlangan avlodlar
tajribasiga duch keladi. Bu qadriyatlarni o‘zlashtirish bilan insonning shaxsiy rivojlanishi
boshlanadi. Ko‘p holatlarda “madaniyat” tushunchasi ma’lum bir tarixiy davrlarni, muayyan
jamiyatlarni, xalqlar va millatlarni tavsiflashda ishlatiladi.
Bugungi kunda “madaniyat” tushunchasining to‘rtta asosiy tasnif mavjud:
–
umumiy va mavhum bo‘lgan ziyoli, salohiyatli, ma’naviy va estetik jarayonni
belgilash;
–
sivilizatsiya tushunchasi bilan mos kelgan holda, jamiyatning qonunlari, tartib-
qoidalari, ahloqiy va boshqa jihatlarini namoyon qilish;
– turmush tarzining muayyan jamiyatga xos xususiyatini ifodalash;
–
musiqa, adabiyot, rasm, teatr, kino va boshqalar yo‘nalishlardagi intellektual, badiy
faoliyat shakllari va mahsulotlar majmuini belgilash [6] va hokazo.
Huquqiy taraqqiyotning o’ziga hos maqsadlardan iborat o`zgarishlari, o`qituvchilarning
huquqiy maqsadlarining ta’limiy maqsadga mos kelishishi bo`yicha V.Simitekon o`z fikr-
mulohazalarini bildirib o`tgan. Huquqiy tarbiyaning predmeti huquqiy madaniyatdan iborat
ekanligi esa, K.Nurbekov tomonidan ta’kidlab o`tilgan, ammo buni huquqiy tarbiya natijasi,
deb hisoblash ham to`g’ri faraz hisoblanadi.
I.S.Samoshchenko, V.V Tishchenkovalarning muammo bo`yicha olib borgan tadqiqot
tahlillari quydagicha farazlarni taqdim qiladi:
–
huquqiy madaniyat huquqiy tarbiyaning maqsadi va uni shaxsda shakllantirish
ob’yekti ekanligini ochib berishga imkon berdi;
–
huquq haqidagi bilimlarni tizimlashtirishning zarur darajasini, jumladan, huquqiy
manfaatlar, his-tuyg’ular, huquqiy tafakkurni ta’minlash uni rivojlantirishga imkon
beradi;
–
ilmiy huquqiy dunyoqarashni shakllantirish huquqiy ong va huquqiy bilimlar
vositasida amalga oshiriladi.
O‘quvchining asosiy harakatlarni o‘zi qilishga qodir bo‘ladigan dastlabki qadamlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |