МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
26
РЕЗЮМЕ
В статье описаны активные методы и формы обучения на основе интерактивных методов в биологи
-
ческих науках, основанные на влиянии методов интерактивного общения на интеллектуальное развитие
обучающегося, и его задачи.
SUMMARY
The article describes the active methods and forms of teaching based on interactive methods in the biological
sciences, based on the impact of interactive communication methods on the
Yuldasheva G.T.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
“Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi” katta o`qituvchisi
Tayanch so‘zlar:
kompetensiyaviy yondoshuv,kompetensiya, kompetentlik, instrumental,
shaxslararo, tizimli, muloqot.
Ключевые слова:
компетентный подход, компетентность, инструментальный, межлич
-
ностный, системный, коммуникативный.
Key words:
competence approach, competence, competence, instrumental, interpersonal,
systematic, communication.
TALABALARDA O‘ZINI O‘ZI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH JARAYONINING PEDAGOGIK TA’MINOTI
Kirish. Bugungi kunda oliy ta’limda doimiy ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirishga
qodir pedagogik kadrlarni tayyorlashga ehtiyoj mavjudligi va talabalarning o‘zini o‘zi
rivojlantirish darajasining pastligi ham mavjuddir. Shunga uchun oliy ta’lim pedagog
hodimlari quyidagi kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi talab etiladi: talabarga samimiy va qiziqishi
bilan qarash; hamkasblari va talabalarning maqul (konstruktiv) bo‘lgan tanqidlarini qabul
qilishga tayyor bo‘lishliligi, shunga ko‘ra, o‘z faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritishi, atrofdagi
olamda bo‘layotgan voqealar va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan o‘zining shaxsiy nuqtai
nazariga ega bo‘lish va ular haqida o‘quvchilar bilan fikr almashishliligi,bilim va aql
xazinasi rolini o‘ynashdan saqlanishga intilishi,o‘z adresiga nisbatan aytilgan kinoyali
tanbehlarga xotirjamlik bilan javob qaytarishi, o‘qitishda o‘ziga xos pozitsiyaga va
o‘qitish uslubiga ega bo‘lish,boo‘qalardan ajralib turadigan tomonlari bo‘lish, talabalari
bilan o‘z fikrlari va xissiyotlari bilan o‘rtoqlashish, o‘zini kompetent holda tutish, natija
uchun shaxsiy javobgprlik, qiziquvchanlik, bahs yurita olish va boshqalar, o‘z o‘quv faniga
kirishib ketkanligini namoyish qilish va aniq, tushunarli va ifodali tildan foydalanish. Bunda
pedagogning tayanch va hususiy kompetensiyalari katta rol o‘ynaydi. Ta’lim muassasalarida
pedagogning tayanch kompetensiyasi mazkur ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat
yuritadigan pedagogik kadrlar uchun umumiy sanaladi. Xususiy kompetensiyalari esa,
ustoz tomonidan fan bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va
barkamol shaxsni kamolotga еtkazishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi. Pedagogning tayanch
kompetensiyasi ularda xususiy kompetensiyalarni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik kompetensiyalarning yuqorida qayd etilgan ikki turi bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan. Shu sababli mazkur kompetensiyalarni shakllantirish jarayoniga majmuali
yondashish talab etiladi.
Ta’lim jarayonida o‘zini o‘zi rivojlantirish g‘oyasi bugungi kunda muhim ahamiyat
kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limni tizimini isloh qilishning ustuvor
yunalishlari belgilash zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga ega,
Do'stlaringiz bilan baham: |