МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
27
mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayorlash jarayonini sifat jixatdan yangi
bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga
asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirish
borasida ziddiyatli holatlar mavjud. Bugungi kunda oliy ta’limda doimiy ravishda o‘zini o‘zi
rivojlantirishga qodir pedagogik kadrlar tayyorlashga ehtiyoj mavjudligi va talabalarning
o‘zini o‘zi rivojlantirish darajasining pastligi o‘rtasida ziddiyatlar mavjud. Tabiiy ushbu
ziddiyatli xolat pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirish
kompentensiyasini samarali shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va pedagogik shart-
sharoitlarni, eng avvala, “o‘zini o‘zi rivojlantirish kompentensiyasi”, “rivojlantiruvchi
ta’lim” tushunchalari mohiyatini ochib berish zarurligini ko‘rsatadi.
Umumiy kompetensiyalarni mazmuni jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Instumental kompetensiya - bilish qobiliyati, g‘oyalarni tushinish va ulardan foydalanish
,tasavvur qilish qobiliyati,metodologik qobiliyat, atrof-muhitni tushunish,vaqtdan unumli
foydalanish, kompyuter va axboratni boshqarish ko‘nikmalari,kommunikativ ko‘nikmalar.
2. Shaxslararo kompetensiya - o‘zining hissiyotlari va munosabatlarini ifodalay bilish,
tanqidiy mulohaza yuritish, ijtimimoiy ko‘nikmalar, jamoada kelishib ishlay bilish.
3. Tizimli kompetensiya - o‘z ichiga bir-biri bilan yaxlitlikning bir qismi sifatida
munosabatda bo‘lish, tizimdagi har bir komponentning o‘rninini baholay olish, tizimni
takomillashtirish maqsadida o‘zgartirishlarni oldindan rejalashtirish va yangi tizimni
konstruksiyalash qobiliyatini qamrab olish.
Kompentensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
u kishini hayotga, jumladan mehnatga (kasbiga) tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan
tizimlashgan, muddatli, rasmiy, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar berish orqali uni
muayyan mahorat, qobiliyat yoki layoqat darajasiga еtkazish vositasidir. Shuning uchun ham
barqaror rivojlanish uchun ta’lim aynan tizimlashgan ta’lim bosqichlarida kishini muayyan
bir kompetentlik darajasiga еtkazish vositasidir. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda kollej,
bakalavr, magistr, fan doktorini diplomi yoki uning kasbiy klassifikatordagi shifriga qarab
emas, balki kompetentlik darajasiga qarab ishga oladi.
Kompetensiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz? “Competence” so‘zi
“to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”,
“bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa, “musobaqalashishga
layoqatlilik” ma’nosida anglatadi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha,
kompetensiya, kompetentlik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak
bo‘lgan tushunchadir. Shu boisdan uning talqinlari ham xajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham
ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tumandir. Atamaning mohiyati shuningdek,
“samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “natijalilik”, “o‘quvlilik”, “miqdor”
kabi tushunchalarni bildiradi.
Kompetensiyaviy yondashuvda ta’lim jarayoniga emas, balki uning natijasiga,
ta’limda pedagog rolining o‘zgarishi va shu bilan ta’limni tashkil etish va uning natijasini
baholash metodlarinig o‘zgarishiga e’tibor qaratiladi[1]. Bundan tashqari, kompetensiyaviy
yondashuv ta’limning amaliy yo‘nalganligini kuchaytirishni nazarda tutadi. Egallangan
bilimlarning ahamiyatini nazarda tutgan xolda, ulardan amalda foydalanishga ko‘proq urg‘u
beriladi. Bunday yondashuvda ta’lim mazmuni o‘zgartiriladi, uning shaxsiy imkoniyatlarini
rivojlantirish nazarda tutiladi, masalan: o‘qishga o‘rganish, ya’ni o‘quv faoliti sohasidagi
muammolarni, shu jumladan, bilish faoliyati maqsadini, axborotning zaruriy manbasini
aniqlash, qo‘yilgan maqsadga erishishning maqbul usullarini topish, olingan natijalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |